18.08.2025 17:14
66
Livanda namoyishchilar sunniylar etakchisi Ahmad al-Asirni ozod qilish talabi bilan chiqishdi
Livanda sunniy etakchisi Ahmad al-Asir tarafdorlari uni ozod qilish talabi bilan namoyish oʻtkazishdi. Namoyish Sayda shahri yaqinidagi Bilol ibn Raboh masjidi hovlisida boʻlib oʻtdi.
Maъlumot uchun, Al-Asir 2013–2014 yillarda Livan armiyasi bilan toʻqnashuvlarda ishtirok etgani uchun 20 yillik qattiq rejimdagi qamoq va oʻlim jazosiga hukm qilingandi. U 2015 yil avgustidan beri qamoqda saqlanmoqda.
2012 yilda al-Asir "Hizbulloh"ning Suriya urushida ishtirok etishiga qarshi chiqqan va bu uning tarafdorlari, "Hizbulloh" va Livan armiyasi oʻrtasida toʻqnashuvlar seriyasiga sabab boʻlgan.
Faol Muhammad ash-Shomiyning aytishicha, al-Asir va uning hamfikrlari ozod etilmaguncha namoyishlar davom etadi.