20.05.2024 08:59
Qirgʻiziston elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili Pokiston TIVga chaqirildi
Elchixona vakili Melis Moldalievga Qirgʻizistonda tahsil olayotgan pokistonlik talabalar bilan bogʻliq hodisalar haqidagi xabarlardan Pokiston hukumatining chuqur xavotiri bildirildi. Shuningdek, Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Qirgʻizistonda istiqomat qilayotgan pokistonlik talabalar va fuqarolar xavfsizligini taʻʻminlash uchun barcha choralarni koʻrishga chaqirdi.
Qirgʻiziston tomoni Pokiston tomoniga ham Pokiston ommaviy axborot vositalari vakillari oʻrtasida voqea yuzasidan yolgʻon maʻʻlumotlar tarqatilmasligini soʻrab murojaat qilgan.
18 may kuni Qirgʻizistonning Islomoboddagi elchixonasi yaqinida voqea munosabati bilan norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Pokiston matbuoti.
Avvalroq Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi Bishkekdagi tartibsizliklardan soʻng pokistonliklar Qozogʻistonga oʻtkazilgani haqidagi maʻʻlumotni rad etgan edi.
Pokiston Bosh vaziri Shehbaz Sharif qaroriga koʻra, kecha 19-may kuni Pokiston tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar va Kashmir ishlari vaziri Amir Muqam Bishkekka kelishi kutilayotgan edi.
Pokiston matbuotining xabar berishicha, tashrif davomida Pokiston TIV rahbari Bishkek rasmiylari, shuningdek, jarohat olgan talabalarga tibbiy yordam koʻrsatilishini taʻʻminlash maqsadida pokistonlik talabalar bilan uchrashuvlar oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rahbarining Bishkekka kelishi haqidagi maʻʻlumotni tasdiqlamadi. Kecha, 19 may kuni Qirgʻiziston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtgan, deb yozadi AKI press.