niqob
Rossiyada niqobni taqiqlash toʻgʻrisida qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi
Davlat Dumasi deputatlari yaqin orada yuzni berkituvchi kiyim, jumladan, niqobni taqiqlash borasidagi qonun loyihasiga ovoz berishadi. Deputatlarning fikricha, niqob taqish jamoat joylarida kuzatuv kameralaridan odamning yuzini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Davomini o'qish...29.05.2024 12:15Dogʻiston rahbari niqobga qarshi ekanini maʻʻlum qildi
Dogʻiston rahbari Sergey Melikov “xavfsizlik nuqtai nazaridan” xotin-qizlarning yuzini berkituvchi kiyim, jumladan niqob taqishiga qarshi chiqdi. U burqani "Kavkaz xalqlariga xos boʻlmagan kiyim"ligini aytib, "erkaklar roʻmol ortiga yashirinishi, ayollar esa taqiqlangan narsalarni olib yurishi"ni qoʻshimcha qilgan.
Davomini o'qish...26.06.2024 09:00Dogʻiston muftiyati niqobni «vaqtinchalik» taqiqladi
Dogʻiston muftiyatining fatvo boʻlimi niqobni vaqtinchalik taqiqlash boʻyicha fatvo chiqardi. Unga koʻra, taqiq respublika aholisi xavfsizligiga tahdidlar mavjudligi sabab qilib koʻrsatildi va mazkur xavf-xatarlar bartaraf etilib, “yangi fatvo” chiqquniga qadar amalda boʻladi. Avvalroq Dogʻiston muftiyati niqobni butunlay taqiqlash uchun etarlicha islomiy asoslar topa olmaganini eʻʻlon qilgan, biroq anʻʻanaviy liboslarni kiyishni “mahalliy darajada taqiqlash”ga ruxsat bergandi.
Davomini o'qish...03.07.2024 11:59Volgaboʻyi musulmonlari etakchisi Dogʻiston fatvosini «tushunmadi»
Volgaboʻyi musulmonlari diniy boshqarmasi boshligʻi, muftiy Muqaddas-Hazrat Bibarsov Dogʻiston muftiyatining niqobni “vaqtinchalik” taqiqlash toʻgʻrisidagi fatvosini tanqid qildi. “Dogʻiston muftiyati mamlakatdagi diniy vaziyatni chayqatayotganlarning yoʻl-yoʻrigʻiga ergashgani juda achinarli...” deb yozdi u.
Davomini o'qish...04.07.2024 14:35Qorachoy-Cherkasda ham niqob vaqtinchalik taqiqlandi
Qorachoy-Cherkas musulmonlari diniy boshqarmasi ham respublikada niqobni vaqtinchalik toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Respublika muftiysi, Shimoliy Kavkaz musulmonlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi raisi Ismoil Hoji Berdiev
Davomini o'qish...06.07.2024 11:15Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi: "Niqob, bu – Rossiya musulmonlarining anʻʻanaviy libosi"
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Moskva islom instituti rektori, ilohiyot fanlari doktori Damir Muxetdinov niqob RF tub musulmon xalqlari uchun tarixiy anʻʻanaviy libos ekanini taʻʻkidlab, Sovet Ittifoqidan oldingi davrda tatarlar va Shimoliy Kavkaz xalqlari orasida bu kiyim tarqalgani boʻyicha tarixiy dalillarni misol tariqasida keltirdi.
Davomini o'qish...10.07.2024 07:41Dogʻiston muftiysi yangi fatvo boʻlimi tashkil etilishini maʻʻlum qildi
Dogʻiston muftiyatida fatvolar boʻlimi qaytadan tashkil etilishi maʻʻlum qilindi. Ushbu boʻlim shariatga koʻra niqobni taqiqlash uchun asoslar topilmaganini eʻʻlon qilganidan soʻng "zamon talablariga mos kelmagani" uchun yopilgan edi.
Davomini o'qish...18.07.2024 10:22Vladimir viloyati Rossiyada birinchi boʻlib maktablarda hijobni taqiqladi
Vladimir viloyati Rossiyada birinchi boʻlib maktablarda hijob va niqobni butunlay taqiqladi. Ushbu qaror Rossiya “cherkov davlatdan, jumladan, taʻʻlim tizimidan ajratilgan dunyoviy davlat” ekanligi bilan bogʻliq ekani bahona qilindi.
Davomini o'qish...28.10.2024 15:27