Vladimir viloyati Rossiyada birinchi boʻlib maktablarda hijobni taqiqladi
Vladimir viloyati Rossiyada birinchi boʻlib maktablarda hijob va niqobni butunlay taqiqladi. Ushbu qaror Rossiya “cherkov davlatdan, jumladan, taʻʻlim tizimidan ajratilgan dunyoviy davlat” ekanligi bilan bogʻliq ekani bahona qilindi.
Vladimir
viloyati taʻʻlim va yoshlar siyosati vazirligi mintaqadagi taʻʻlim muassasalarida
diniy liboslar, jumladan, hijob va niqob kiyishni rasman taqiqladi. Tegishli
buyruq 2024 yil 25 oktyabrda eʻʻlon qilingan.
Departamentning «VKontakte» ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida
aniqlik kiritilishicha, bu qaror Rossiya “cherkov davlatdan, jumladan, taʻʻlim
tizimidan ajratilgan dunyoviy davlat” ekanligi bilan bogʻliq. «Vedomosti»
nashrining taʻʻkidlashicha, Vladimir viloyati Rossiyada doimiy ravishda bunday taqiqni
qabul qilgan birinchi mintaqa boʻldi.
2024 yilning may oyida Davlat Dumasi spikeri oʻrinbosari
Vyacheslav Davankov taʻʻlim muassasalariga yuzni berkituvchi diniy kiyim kiyishga
cheklovlar oʻrnatishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini taklif qilgandi.
Biroq
ushbu taklif Checheniston hukumati vakillari tomonidan tanqid qilindi.
Xususan, Davlat Dumasi deputati Adam Delimxonov respublika rasmiylari yuzni
berkituvchi niqob kiyishni «maʻʻqullamaydi», biroq hijob “musulmon ayolning diniy
burchi” ekanini aytdi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham taqiqga qarshi
chiqdi.
2024 yil iyunʻ oyida Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr
Bastrikin Rossiyada “terror xurujlari tahdidi”ni keltirib, niqab kiyishni
«shoshilinch» taqiqlashga chaqirdi. Bunga javoban Dogʻiston va Qorachoy-Cherkesiya
muftiylari oʻz hududlarida niqob
taqishni vaqtinchalik
taqiqladi.