12.05.2025 13:30
63

Qirgʻizistonda yuzlab ayollar niqobini echishga majburlandi



Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida yangi qonunga rioya qilinishini taъminlash kampaniyasi doirasida politsiya xodimlari tekshiruvlar oʻtkazdi. Qariyb 300 nafar muslima ayol niqobini echishga majburlanib, ularga ogʻzaki ogohlantirish berilgan.

Oldinroq, mamlakatda ayollarning niqob bilan yurishini taqiqlovchi qonun qabul qilinib, 1-fevraldan boshlab taqiqni buzganlik uchun 20 ming som (taxminan 230 AQSh dollari) miqdorida jarima belgilangandi. 

Maъlumot uchun, Qirgʻiziston Markaziy Osiyodagi islomiy kiyinishni davlat darajasida cheklagan soʻnggi davlat boʻldi. 

Hukumat buning asosiy sababini davlatning dunyoviy xarakterini saqlab qolishga intilish bilan izohlamoqda.

Mavzuga aloqador