06.07.2024 11:15

Qorachoy-Cherkasda ham niqob vaqtinchalik taqiqlandi

Qorachoy-Cherkas musulmonlari diniy boshqarmasi ham respublikada niqobni vaqtinchalik toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda TASS agentligiga Qorachoy-Cherkas respublikasi muftiysi, Shimoliy Kavkaz musulmonlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi raisi Ismoil Hoji Berdiev maʻʻlum qildi.

Uning tushuntirishicha, fatvo Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi muftiylar kengashining hijob va niqobga oid qaroriga muvofiq qabul qilingan.

“Qorachoy-Cherkas muftiyligi respublikada niqobni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi, shariatga koʻra, yuzni butunlay yashiradigan kiyim kiyish mumkin emas”, — dedi Berdiev.

Shunday qilib, Qorachoy-Cherkes Respublikasi Dogʻistondan keyin Rossiyada yuzni yashiradigan kiyimlarni taqiqlagan ikkinchi mintaqaga aylandi.

Niqob — ayol kishining yuzini yopib turuvchi bosh kiyimi hisoblanadi va koʻzlar uchun tirqishi boʻlib, butun badan va yuzni qoplaydi, faqat koʻzlar ochiq qoladi.

Avvalroq Dogʻiston muftiyati ayollar uchun anʻʻanaviy musulmon bosh kiyimi boʻlmish niqobni vaqtinchalik taqiqlash toʻgʻrisidagi fatvoni eʻʻlon qilgan edi.

Niqob masalasi Maxachqalʻʻa hamda Derbentdagi cherkov va sinagogaga hujumdan soʻng paydo boʻldi. Dastlab, Dogʻiston rahbari Sergey Melikov xotin-qizlarning yuzini berkituvchi kiyimiga qarshi ekanini aytib chiqdi. Soʻngra Dogʻiston muftiysi Ahmad Abdullaev respublikada niqobni taqiqlash mavzusini koʻtarib, “ayollarni uyda oʻtirishga” chaqirdi.

Koʻpchilik ulamolar yangi fatvoni tanqid qildi, jumladan Volgaboʻyi musulmonlari diniy boshqarmasi boshligʻi Muqaddas hazrat Bibarsov mazkur voqealarni "musulmonlarga qarshi harakat", deb atadi. 

Maʻʻlumot uchun, shofiylik mazhabi keng tarqalgan Kavkaz hududlarida ayollarning niqob taqishi vojib amallardan sanaladi.

Mavzuga aloqador