migrantlar
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni murakkablashtirilmoqda
Imtihonda tinglab tushunish topshiriqlari soni ikkitadan toʻrttagacha oshiriladi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirish uchun majburiy minimal ball belgilanadi. Xuddi shunday majburiy ballar tizimi gapirish boʻlimi uchun ham joriy etilgan. Bu ballar vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki doimiy yashash huquqini olish uchun talab etiladi. Oʻzgartirishlar 2025 yil 10 iyuldan kuchga kiradi.
Davomini o'qish...9124.06.2025 11:56Oʻzbekistonliklar koʻp jinoyat sodir etyapti – Rossiya IIV
Rossiya Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Vitaliy Yakovlevning iddao qilishicha, mamlakatdagi migrantlar orasida eng koʻp jinoyatni oʻzbekistonliklar sodir etyapti. Unga koʻra, joriy yilning birinchi choragida xorijliklarga tegishli jinoyatlarning 35,5 foizi Oʻzbekiston fuqarolariga toʻgʻri keladi. Bu boradagi ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni mos ravishda tojiklar hamda qirgʻizlar egallagan. Oldinroq, Rossiya qamoqxonalaridagi markaziy osiyoliklar majburan urushga yuborilayotgani haqida xabar bergandik.
Davomini o'qish...14613.06.2025 15:09Rossiya xavfsizlik kuchlari 20 mingdan ortiq muhojirni urushga joʻnatdi – Bastrikin
RF Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikinning aytishicha, Rossiya fuqaroligini olgan 20 mingdan ortiq oʻzbek, qirgʻiz va tojik yoshlari Ukrainaga qarshi urushish uchun oldingi saflarga tashlangan.
Davomini o'qish...26220.05.2025 16:35Bastrikin rus xalqini haqorat qildi – spiker
Rossiya parlamenti spikeri Vyacheslav Volodin tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning soʻzlarini tanqid qildi. Gap shundaki, u Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida yigʻilganlarga murojaat qilib, migratsiya siyosatini qattiqlashtirish borasida qachon tuzukroq qonunlar ishlab chiqilishini soʻragan. U ushbu murojaatida "Gosduma" oʻrniga "Gosudarstvennaya dura" (Hokimiyatdagi ahmoqlar maʻʻnosida) soʻzlarini ishlatgan. Maʻʻlumot uchun, yigʻilishda Bastrikin Rossiya fuqaroligini olgan 30 mingdan ortiq "muhojir" aniqlangani, ulardan 10 ming nafari allaqachon frontga joʻnatilganini ham qoʻshimcha qilgandi.
Davomini o'qish...123028.06.2024 09:04