20.05.2025 16:35
202
Rossiya xavfsizlik kuchlari 20 mingdan ortiq muhojirni urushga joʻnatdi – Bastrikin
Rossiyada huquq-tartibot idoralari Rossiya fuqaroligini olgan, lekin harbiy xizmatga roʻyxatdan oʻta olmagan 80 mingdan ortiq muhojirni aniqladi. Ularning har toʻrtinchisi Ukrainaga qarshi jangga joʻnatilgan, deydi Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin.
“Negadir Oʻzbekiston, Tojikiston yoki Qirgʻizistonda yashashni istamay, Rossiya fuqaroligini olgan 20 mingdan ortiq yoshlar hozir oldingi saflarga tashlangan”, degan Bastrikin Sankt-Peterburg xalqaro forumida. https://tass.ru/obschestvo/23993051
Uning soʻzlariga koʻra, Bastrikin harbiy tergov boʻlimiga Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan birgalikda harbiy roʻyxatga olishdan boʻyin tovlayotganlarni “qoʻlga olish” maqsadida migrantlar joylashgan hududlarda muntazam reydlar oʻtkazishni topshirgan. Shu bilan birga, u Rossiya pasportini olgan muhojirlar “oldingi safga joʻnatilishi”ni bilgani sababli, harbiy xizmatdan qochayotganini taъkidlagan.