31.07.2025 07:22
80

Ukrainaga qarshi jang qilayotgan 900 dan ortiq oʻzbekistonliklar roʻyxati eъlon qilindi



Ukraina Mudofaa vazirligi va Bosh razvedka boshqarmasi koʻmagida tashkil etilgan “Xochu jitь” (“Yashashni xohlayman”) loyihasi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 902 nafar Oʻzbekiston fuqarosining ism-sharifini eъlon qildi. Roʻyxat loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eъlon qilindi.

Qayd etilishicha, Rossiya avvalgidek, asosan migrantlarni yuqori maoshli ishga aldab jalb qilyapti – ularga qurilishda yoki armiyaning orqa boʻlinmalarida ishlash vaъdasi berilyapti. 

Shuningdek, eng katta ragʻbat sifatida keyinchalik Rossiya fuqaroligi berilishi ilgari surilyapti. Bundan tashqari, Rossiya qamoqxonalarida jazo oʻtayotgan shaxslar ham tahdid va ruhiy bosim ostida urushga majburlab yuborilmoqda. 

Loyihaga koʻra, ayrim hollarda yosh muhojirlar “shantaj” yoʻli bilan shartnoma imzolashga majburlangan.

Mavzuga aloqador