11.07.2025 06:45
43
Rossiyaning bir hududida migrantlar uchun taqiqlar bekor qilindi
Rossiyaning Nijegorod viloyatida patent asosida ishlovchi muhojirlar uchun umumiy ovqatlanish sohasida ishlash taqiqi bekor qilindi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.
Viloyat gubernatori farmoniga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, endi taqiqlar quyidagi sohalarda amal qilmaydi:
- umumiy ovqatlanish (restoran, kafe, oshxona va h.k.);
- transport xizmatlari;
- mehmonxona va turar joylar;
- chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish.
Bu qaror ish beruvchilar, ayniqsa, umumiy ovqatlanish sohasi vakillarining kadrlar etishmovchiligi haqidagi murojaatlaridan soʻng qabul qilingan. Ular xorijlik ishchilarga boʻlgan talabni taъkidlab, cheklovlarni engillashtirishni soʻrashgan edi.