24.06.2025 11:56
33

Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni murakkablashtirilmoqda



Rossiyada patent yoki yashash uchun ruxsatnoma olishni istagan muhojirlar uchun rus tili imtihonlari murakkablashtiriladi. 

“Rosobrnadzor”ning maъlum qilishicha, imtihonda tinglab tushunish topshiriqlari soni ikkitadan toʻrttagacha oshiriladi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirish uchun majburiy minimal ball belgilanadi. Xuddi shunday majburiy ballar tizimi gapirish boʻlimi uchun ham joriy etilgan. Bu ballar vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki doimiy yashash huquqini olish uchun talab etiladi. Oʻzgartirishlar 2025 yil 10 iyuldan kuchga kiradi.

Bundan tashqari, 2025 yil 23 iyundan boshlab imtihonlar uchun savollar banki ikki baravar koʻpaytirilishi aytilmoqda.

Mavzuga aloqador