13.06.2025 15:09
133

Oʻzbekistonliklar koʻp jinoyat sodir etyapti – Rossiya IIV



Rossiyada migrantlar orasida eng koʻp jinoyatlarni oʻzbekistonliklar sodir etmoqda. Bu haqda kecha, 12 iyunь kuni Rossiya Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Vitaliy Yakovlev Turkmaniston poytaxti Ashxobodda oʻtkazilgan “Tinchlik, barqaror rivojlanish va migratsiya” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada soʻz ochdi.

Uning aytishicha, joriy yilning birinchi choragida Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 35,5 foizi Oʻzbekiston fuqarolariga toʻgʻri keladi. Ikkinchi oʻrinda Tojikiston fuqarolari turibdi – ularga 16,6 foiz jinoyatlar toʻgʻri keladi. Roʻyxatni 11,5 foiz bilan Qirgʻiziston fuqarolari yakunlaydi.

Rossiya IIV maъlumotlariga koʻra, joriy yilning birinchi choragida xorijliklar tomonidan Rossiyada sodir etilgan jinoyatlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15,3 foizga oshgan.

Oldinroq, Moskvada yirik reyd oʻtkazilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hujjatida kamchilik topilgan yoki hujjatining muddati oʻtgan muhojirlarga nisbatan qattiq choralar koʻrilayotgani aytilgandi.

Mavzuga aloqador