Iroq
Iroqda soʻnggi 10 yilda ilk bor mahalliy saylovlar boʻlib oʻtdi
Iroqda oxirgi 10 yilda ilk bor oʻtkazilgan mahalliy saylovlarda shia partiyalari birinchi oʻrinni egalladi.
Davomini o'qish...20.12.2023 15:05Iroq shimolida 6 nafar turk harbiysi halok boʻldi
“Changal-qulf” operatsiyasida 6 nafar turk harbiysi halok boʻldi, 1 askar yaralandi.
Davomini o'qish...23.12.2023 20:2824 soatda 8 mln iroqlik terrorga qarshi kurash uchun ariza topshirdi
8 mln iroqlik terrorizmga qarshi kurashda shartnoma asosida ishlash uchun ariza berdi.
Davomini o'qish...29.12.2023 08:30AQSh oʻz bazasiga uyushtirilgan hujumga javoban Iroq va Suriyaga zarbalar berdi
AQSh oʻz bazasiga uyushtirilgan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi Eron Inqilobiy Gvardiyasi korpusi va unga aloqador harbiylashgan guruhlarga qarashli nishonlarga havodan zarbalar berishni boshladi.
Davomini o'qish...03.02.2024 11:02Abu Gʻrayb qamoqxonasining sobiq mahbuslari ilk bor AQSh harbiylarini sudga berish imkoniga ega boʻldi
Iroqdagi Abu Gʻrayb qamoqxonasining omon qolgan sobiq mahbuslari 20 yil muqaddam oʻzlarini shafqatsiz va gʻayriinsoniy tarzda qiynoqqa solgan, jinsiy zoʻrlagan amerikalik harbiylarni sudga berish imkoniga ega boʻldi.
Davomini o'qish...16.04.2024 08:28Iroqda bir jinsli munosabatlar 15 yilgacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin
Iroq parlamenti 1988 yilda qabul qilingan fohishalikka qarshi qonunga oʻzgartirishlar kirituvchi qonun loyihasini qabul qildi. Unga koʻra, bir jinsli munosabatlar 15 yilgacha, LGBT faoliyatini targʻib qilish 7 yilgacha qamoq jazosiga sabab boʻladi. Yangi qonunda jinsini oʻzgartirganlar va bunday jarrohlik amaliyotini qilgan shifokorlar uchun ham jazo choralari belgilandi.
Davomini o'qish...29.04.2024 11:30Iroq turkmanlari IShID Mosuldagi "qirgʻin chuquri"dan yaqinlarining jasadlari olib chiqilishini kutmoqda
2014 yil iyunʻ oyida Iroqning Mosul va boshqa hududlarini qoʻlga kiritgan IShID terror tashkiloti Tal Afar tumanida xalq tili bilan “Doʻzax qudugʻi” deb ataladigan botiqqa 1000 dan ziyod tinch aholi vakillari, jumladan, bolalar va ayollarni oʻldirib, koʻmgan. Ular orasida Iroq turkmanlari vakillari ham bor. Bugungi kunda ushbu hududdagi ommaviy qabrlardan jasad qoldiqlari chiqarib olinib, DNK tekshiruvidan oʻtkazilmoqda va shaxslari aniqlanmoqda.
Davomini o'qish...22.07.2024 16:10Iroq armiyasi Sinjar shahrini butunlay nazorat ostiga oldi
Iroq armiyasi Mosul viloyatida joylashgan va Kurdiston Ichki partiyasi (PKK) terror tashkilotining tayanch nuqtasiga aylangan Sinjar shahrida nazoratni toʻliq qoʻlga kiritgani, Suriya chegarasigacha boʻlgan hududni butunlay nazorat ostiga olganini maʻʻlum qildi. Hududda tinchlik va xavfsizlik oʻrnatilishi bilan 11 mingga yaqin aholi oʻz uylariga qaytgan.
Davomini o'qish...25.09.2024 10:20Iroq 37 yil ichida birinchi marta aholini roʻyxatdan oʻtkazadi
Iroq 37 yil ichida birinchi marta butun mamlakatni, jumladan Iroq Kurdistoni mintaqaviy hukumati viloyatlarini qamrab olgan ikki kunlik umumiy aholini roʻyxatga olishni boshladi. Buning uchun mamlakatda ikki kunlik komendantlik soati joriy etildi.
Davomini o'qish...21.11.2024 10:52