03.02.2024 11:02

AQSh oʻz bazasiga uyushtirilgan hujumga javoban Iroq va Suriyaga zarbalar berdi

AQSh oʻz bazasiga uyushtirilgan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi Eron Inqilobiy Gvardiyasi korpusi va unga aloqador harbiylashgan guruhlarga qarashli nishonlarga havodan zarbalar berishni boshladi.

AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) 28 yanvarʻ kuni Suriya-Iordaniya chegarasidagi Amerika bazasiga uyushtirilgan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi Eron Inqilobiy Gvardiyasi korpusi va unga aloqador militsiya guruhlariga qarashli nishonlarga havodan zarbalar berganini eʻʻlon qildi.

CENTCOM yozma bayonotida Suriya va Iroqdagi Eron Inqilobiy Gvardiyasi Armiyasi Quddus kuchlari va unga qarashli harbiylashgan guruhlariga tegishli kamida 85 nishonga havo hujumi uyushtirilgani bildirildi.

Bayonotda hujumlarda AQShdan havoga uchayotgan uzoq masofali bombardimonchi samolyotlar ham ishtirok etgani va 125 dan ortiq boshqariladigan bomba qoʻllanilgani, qoʻmondonlik va boshqaruv markazlari, raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlariga zarbalar berilgani maʻʻlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, 28 yanvarʻ kuni AQShning Iordaniya‑Suriya chegarasidagi harbiy bazasiga Eron tomonidan qoʻllab‑quvvatlanadigan guruhlar tomonidan hujum uyushtirilgan, natijada 3 amerikalik harbiy halok boʻlgan, 30 nafardan ziyodi jarohatlangan edi. AQSh prezidenti Jo Bayden bu hujumlarga “Qoʻshma Shtatlar oʻzi istagan vaqtda oʻzi istagan joylarga” javob berishini maʻʻlum qilgandi.

Iroqdagi Hashd ash-Shabi qurol-yarogʻ omboriga zarba berildi

AQSh Iroq gʻarbidagi Hashd ash-Shabi shia harbiylashgan guruhiga qurol‑yarogʻ omboriga zarba berilgani maʻʻlum qilindi. Iroqdagi Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Nujeba harakati shia harbiylashgan kuchlarining "Telegram"‑kanalida aytilishicha, Iroq gʻarbidagi Anbar viloyatining Akkashat hududida Hashd ash-Shabi shia guruhining qurol‑yarogʻ ombori AQSh hujumiga uchragan. Hujum oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar borligi maʻʻlum qilinganicha yoʻq.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur hujum tasvirlari tarqatildi.

Oʻz navbatida, Iroq Bosh Vazirligi harbiy voizi general Yahyo Rasul yozma bayonotida Anbar viloyatidagi hududlarning AQSh samolyotlari tomonidan hujumga uchraganini qoralab chiqdi.

"Bu hujumlar Iroq kafolat berishga harakat qilgan bir vaqtda sodir boʻldi. Bu Iroq suverenitetini buzish va Iroq hukumatining saʻʻy-harakatlariga putur etkazishdir", ‑ dedi u.

AQShning ushbu hujumlari Iroq va mintaqani istalmagan oqibatlarga tortadigan tahdid ekanligiga diqqat qaratgan Rasul hujum oqibatlarining Iroq va mintaqa xavfsizligi hamda barqarorligi uchun dahshatli boʻlishini qayd etdi.

Avvalroq oxirgi bir oy ichida AQShning Suriyadagi bazalariga kamida 83 marotaba hujum uyushtirilgani haqida xabar bergan edik. Jumladan, Koniko gaz zavodi va Dayr-az-Zordagi Umar neftʻ koni, Hasakadagi Seddadi, Himo va Xarab Jir bazalari, shuningdek, Xomsdagi At-Tanf bazasi hujumlar nishoniga aylandi.

Iordaniyada AQSh bazasiga dron hujumi uyushtirildi: asosiy maʻʻlumotlar va bayonotlar

AQSh Amerika bazasiga qilingan hujumga "bir necha daraja va bosqichlarda" javob bermoqchi

Mavzuga aloqador