29.12.2023 08:30

24 soatda 8 mln iroqlik terrorga qarshi kurash uchun ariza topshirdi

8 mln iroqlik terrorizmga qarshi kurashda shartnoma asosida ishlash uchun ariza berdi.

 

24 soat ichida 8 mln ga yaqin iroqlik Terrorga qarshi kurash agentligida shartnoma asosida askar sifatida ishlash uchun ariza topshirdi. Seshanba kuni muassasaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ushbu ish uchun arizalar qabul qilindi.

Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshligʻi general-mayor Karim at-Tamimiy Iroqning al-Iroqiya rasmiy telekanaliga bergan bayonotida: “Ishtirok etishni xohlovchilar uchun badalsiz ariza topshirishlari mumkin boʻlgan internet sahifasi ochildi. Dastlabki bir necha soat ichida taxminan 8 mln kishi murojaat qildi. Ismlar elektron shaklda yuborildi. U tartiblangan boʻladi va shartlarga javob beradigan har bir kishi uchun imkoniyatlar boʻladi", - dedi.

Statistik maʻʻlumotlarga koʻra, Iroq aholisi taxminan 42 mln, yoshlarning aholiga nisbati esa 30 foiz atrofidani tashkil etadi.

Ishga qabul qilish haqidagi eʻʻlon muassasaning sobiq direktori Abdulvehhob al-Saidiy ishdan boʻshatilganidan ikki oy oʻtmasdan eʻʻlon qilindi. Yaqinda Iroq bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy Saidiy oʻrniga at-Tamimiyni tayinladi.

Ayrimlar Terrorizmga qarshi kurash agentligida ishlash uchun ariza topshirganlarning koʻp ekani Iroq mehnat bozoridagi imkoniyatlarning pasayib borayotganidan dalolat beradi, degan fikrni bildirgan. Biroq Iroq Rejalashtirish vazirligi matbuot kotibi Abdul Zahra al-Hindaviy bu izohga qarshi chiqdi va “Ularning aksariyati allaqachon boshqa ishlarda ishlayotganlar”, - dedi.

Maʻʻlumot uchun, 2003 yilda AQSh boshchiligidagi koalitsiya terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida Iroqqa bostirib kirganidan buyon mamlakat, ayniqsa uning shimoliy hududlari turli terroristik guruhlarning uyasiga aylandi.

 

Mavzuga aloqador