hammasi
-
Фаластиннинг ҲАМАС қаршилик ҳаракати таклиф қилинган оташкесим ва гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишув шартларига ўзгартириш киритди. Унга кўра, ҳаракат БМТ ҳамда Хитой, Россия ва Туркиянинг сионистлар билан эришилган ҳар қандай келишувда кафил бўлишини истайди. Ушбу талаблар АҚШ ва Исроил томонидан рад этилган.
-
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori HAMASning uch etakchisi, shuningdek, Isroil bosh vaziri va mudofaa vazirini harbiy hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berishni talab qildi.
-
AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) isroillik tarixchi Ilan Pappeni Detroyt aeroportida Falastinning HAMAS harakatini qoʻllab-quvvatlagani uchun hibsga olindi. U 2 soat davomida soʻroq qilingan, FQB xodimlari undan HAMAS tarafdorimi, Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlarini genotsid deb hisoblashi, Isroil-Falastin mojarosining echimi toʻgʻrisida soʻragan. Shuningdek, mobil telefoni tekshiruvga olib ketilgan.
-
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon ayni paytda HAMASning mingdan ortiq aʻʻzosi oʻz mamlakatida davolanayotganini maʻʻlum qildi. "HAMASni biror terroristik guruh deb hisoblamayman va ayni paytda HAMASni qadamma-qadam kuzatib bormoqdaman va oʻlkamda hozirda mingdan ziyod HAMAS aʻʻzolari kasalxonalarimizda, barchasi davolanmoqda. Ishimizni mana shunday davom ettirmoqdamiz", - dedi Turkiya etakchisi.
-
HAMAS Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga rozi boʻlgach, Isroil havo kuchlari kechasi Rafahdagi 50 dan ortiq nishonga hujum qildi. Isroil harbiylari Rafah sharqiy qismida "jarrohlik zarbalari" amalga oshirayotganini eʻʻlon qildi. Nashrning qoʻshimcha qilishicha, bombardimon natijasida 100 ga yaqin tinch aholi halok boʻlgan, koʻp sonli ayollar va bolalar yaralangan.
-
HAMAS Gazoda tinchlik oʻrnatish boʻyicha Misr va Qatar tomonidan ilgari surilgan sulh shartlarini qabul qildi. Kelishuv 42 kun davom etadigan 3 bosqichni oʻz ichiga oladi. Isroil esa Rafahga hujumni davom ettirishga qaror qildi.
-
Falastinning raqib siyosiy guruhlari – Fath va HAMAS vakillari Pekinda yarashuv boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.
-
HAMAS rasmiy vakili Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qolgani, Falastin guruhi moslashuvchanlik koʻrsatayotganiga qaramasdan, Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu ikki tomonning kelishuvga erishishiga toʻsiqlar yaratayotganini maʻʻlum qildi.
-
Qatarda Isroil va Falastinning HAMAS harakati delegatsiyalari oʻrtasida asirlarni almashish boʻyicha kelishuvga erishishga qaratilgan muzokaralar rasman boshlandi. Muzokaralar taxminan ikki hafta davom etishi mumkin. Taʻʻkidlanishicha, HAMAS tomonidan qaror Qatardagi vakillar emas, balki Gʻazoda turgan harakat etakchisi Yahyo Sinvar tomonidan qabul qilinadi.
-
AQSh razvedkasi tomonidan eʻʻlon qilingan yangi hisobotda Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxuning hokimiyatni ushlab turish qobiliyati shubha ostiga olindi. Shuningdek, Isroil "XAMASni yoʻq qilish" maqsadiga erishishda qiynalishi prognoz qilinib, "Isroil koʻp yillar davomida HAMASning doimiy qurolli qarshiliklariga duch kelishi mumkinligi" qayd etildi.
- 01
- 02