30.04.2024 14:29

Fath va XAMAS Xitoyda yarashuv boʻyicha muzokara oʻtkazdi

Falastinning raqib siyosiy guruhlari – Fath va HAMAS vakillari Pekinda yarashuv boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.

Falastinning raqib siyosiy guruhlari – Fath va HAMAS vakillari Pekinda yarashuv boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

Muzokaralar faktini Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ular aniq qachon boʻlib oʻtganini koʻrsatmagan holatda tasdiqladi.

Eslatib oʻtamiz, Islomiy qarshilik harakati (HAMAS) va Falastin milliy ozodlik harakati (Fath) bosqinchilikka qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish uchun faol choralar koʻrmoqda. Ular shu yil boshida Moskvada yagona hukumat tuzish boʻyicha yigʻilish oʻtkazgan edi. Keyinroq Falastin maʻʻmuriyati rahbari Mahmud Abbos Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirish usullarini muhokama qildi.

Mavzuga aloqador