13.03.2024 07:51

Netanyaxu ketadi, lekin HAMAS qoladi – AQSh razvedkasi

Dushanba kuni eʻʻlon qilingan AQSh razvedkasining yangi bahosida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning hokimiyatni ushlab turish qobiliyatiga shubha bildirilgan, deb yozmoqda TRT.

2024 yil uchun yillik tahdid bahosi Isroilning urushni tugatish boʻyicha qarashlari haqidagi xavotirlarni taʻʻkidlaydi va Netanyaxuning oʻng-markaziy koalitsiyasi "tahdid ostida boʻlishi mumkinligini" aytadi.

“Urushdan oldingi Netanyaxuning boshqaruv qobiliyatiga ishonchsizlik darajasi jamoatchilik orasida chuqurlashib, kengaygandi. Endi esa uning isteʻʻfosi va yangi saylovlar oʻtkazilishini talab qiladigan ommaviy noroziliklarni kutmoqdamiz. Yana bir moʻʻʻtadil hukumat paydo boʻlishi mumkin”.

Hisobotda shuningdek, Isroil "XAMASni yoʻq qilish" maqsadiga erishishda qiynalishi haqida prognoz qilinib, "Isroil koʻp yillar davomida HAMASning doimiy qurolli qarshiliklariga duch kelishi mumkinligi" qayd etildi.

Isroilning Gʻazo janubidagi Rafahda rejalangan harbiy amaliyotlari munosabati bilan soʻnggi kunlarda AQSh prezidenti Bayden va Isroil bosh vaziri Netanyaxu oʻrtasidagi ziddiyat kuchaygan. Biroq ushbu razvedka hisoboti soʻnggi keskinliklardan ancha oldin tayyorlangan.

Yillik hisobotda razvedka idoralari “Isroil Gʻazo sektoridagi ogʻir gumanitar vaziyat tufayli ortib borayotgan xalqaro bosimga duch keladi” degan xulosaga keldi. Hisobotda, shuningdek, Gʻazodagi urush " oʻlim va vayronagarchiliklar" tufayli Isroil va Qoʻshma Shtatlarga nisbatan jamoatchilik noroziligi kuchayishi ortidan "Amerikaning Yaqin Sharqdagi hamkorlari uchun qiyinchilik tugʻdirishi" taʻʻkidlangan.

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilʻyam Byornsning taʻʻkidlashicha, "garovga olinganlarni almashish kelishuvi Gʻazodagi urushni hech boʻlmaganda vaqtinchalik tugatishning eng amaliy yoʻlidir".

Mavzuga aloqador