Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qoldi
HAMAS rasmiy vakili Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qolgani, Falastin guruhi moslashuvchanlik koʻrsatayotganiga qaramasdan, Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu ikki tomonning kelishuvga erishishiga toʻsiqlar yaratayotganini maʻʻlum qildi.
HAMAS
rasmiy vakili Usama Hamdan payshanba kuni Falastin guruhi moslashuvchanlik
koʻrsatganiga qaramay, Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarda hech qanday
ilgarilash yoʻqligini maʻʻlum qildi.
Hamdan
Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu ikki tomonning kelishuvga erishishiga toʻsiqlar
yaratayotgani hamda garovga olingan isroilliklarni ozod qilishdan “manfaatdor
emasligini” aytdi. Hamdan Bayrutdagi matbuot anjumanida "Ishgʻol hukumati
qochishda davom etmoqda va muzokaralar yopiq doiraga tushib qoldi", dedi.
Avvalroq Qatar
poytaxti Doxada Isroil va Falastinning HAMAS harakati delegatsiyalari oʻrtasida
asirlarni almashish boʻyicha kelishuvga erishishga qaratilgan muzokaralari rasman
boshlangani, muzokaralar taxminan ikki hafta davom etishi mumkinligi haqida xabar
bergan edik. Biroq Misr va Qatarning AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan
saʻʻy-harakatlari shu paytgacha oʻt ochishni toʻxtatishga erisha olmadi. HAMAS Isroil
harbiy hujumini toʻxtatish uchun har qanday sulhni istasa-da, Isroil harbiy
kampaniyani toʻxtatish majburiyatini rad etib, garovga olinganlar evaziga
mahbuslarni ozod qilish boʻyicha kelishuvni afzal koʻrmoqda.
Gʻazo
Sogʻliqni saqlash vazirligi payshanba kuni eʻʻlon qilgan bayonotda 7 oktyabrdan beri
Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan harbiy hujumida 33 037 dan ortiq
falastinlik halok boʻlgani, 75 668 nafari yaralangani aytiladi.