genotsid
-
Janubiy Koreyada 5000 dan ortiq kishi Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu, prezident Isaak Gertsog, TsAXAL rahbari Halevi, mudofaa vaziri Gallant, tashqi ishlar vaziri Kats, moliya vaziri Smotrix va milliy xavfsizlik vaziri Ben Gvirdan iborat etti nafar yuqori martabali amaldorga nisbatan daʻʻvo qoʻzgʻatdi. Ular genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, insonparvarlik ishlariga qarshi urush jinoyatlari hamda Gʻazoda taqiqlangan qurol va mablagʻlardan foydalangan holda urush jinoyatlarini sodir etishda ayblanmoqda.
-
Columbia Law Review jurnali sayti Isroilni tanqid qiluvchi maqola ortidan oʻchirib qoʻyildi. Harvard yuridik fakulʻteti aspiranti falastinlik Rabea Egbariyaning Isroilni genotsidda ayblab yozilgan maqolasi tufayli AQShdagi 123 yoshli Columbia Law Review jurnali sayti yopib qoʻyildi. Maqola muallifi saytning yopilishini “AQShdagi kollejlar kampuslarida kuzatilayotgan keng koʻlamli avtoritar repressiyaning kichik bir qismi” sifatida koʻrish kerakligini taʻʻkidlagan.
-
BMT Bosh Assambleyasi 1995 yilda Srebrenitsadagi voqealarni genotsid deb tan olish va 11 iyulni Bosniyalik musulmonlar genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilash haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bosniya serblari qoʻshinlari BMT tomonidan “xavfsiz hudud” deb belgilangan Srebrenitsaga hujum qilganidan soʻng boshlangan genotsidda 8000 dan ortiq bosniyalik halok boʻldi. Ularning jasadlari mamlakatning 570 ta turli hududidan topilgan va qidiruv ishlari bugungi kungacha davom etmoqda.
-
Turkiya Janubiy Afrikaning Isroilni genotsidda ayblab Xalqaro sudga kiritgan daʻʻvosiga qoʻshilishga qaror qildi. "Biz tanlov qarshisida turibmiz. Yoki qonun va insoniylikni himoya qilamiz yoki barchamiz Isroil zulmining badalini toʻlaymiz", - dedi Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan.
-
YuNRVA Isroil harbiylarining falastinliklarga nisbatan qoʻllanayotgan qiynoqlar haqida maʻʻlum qildi. Oʻzboshimchalik bilan hibsga olingan gʻazoliklar yalangʻoch echintirilib, xoʻrlanmoqda, turli xil qiynoqlarga solinmoqda. Hibsga olinganlarning hojatga chiqishi ham taqiqlanmoqda.
-
YuNISEF Gʻazodagi bolalar Isroil hujumlarining eng ogʻir yukini koʻtarayotgani, har 10 daqiqada ulardan biri oʻlayotgani yoki jarohat olayotganini maʻʻlum qildi.
-
AQShning The New York Times gazetasi Isroilning Gʻazoda olib borayotgan urushini yoritayotgan jurnalistlariga “genotsid” va “etnik tozalash” atamalarini ishlatishni cheklash hamda Falastinga nisbatan “bosib olingan hudud” iborasini ishlatmaslikni topshirdi. Shuningdek, “Falastin” soʻzini kamroq ishlatish va “qochqinlar chodirgohi” atamalaridan qochish ham buyurildi.
-
Chililik 620 nafar yurist Xalqaro jinoiy sudga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga qarshi Falastin hududida sodir etilgan jinoyatlar uchun daʻʻvo arizasi berdi. Daʻʻvoda Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari sodir etilgani haqida dalillar keltirilgan.
-
Isroil Gʻazoda gumanitar yordam kutayotgan tinch aholi vakillarini qirgʻin qilishi butun dunyo boʻylab keskin munosabatlarga sabab boʻlmoqda. Ushbu hodisani BMT “dahshat”, AQSh “Jiddiy hodisa” deb atagan boʻlsa, Isroil gumanitar yordamga yopirilgan odamlarni bir-biri bilan janjallashib, yuk mashinasini talon-toroj qilganlikda aybladi – munosabatlar.
-
Erta tongda Isroil kuchlari Gʻazo shahri janubidagi Reshid koʻchasidagi Nablusi chorrahasi yaqinida insonparvarlik yordamini kutayotgan falastinliklar olomoniga zarba berdi. Hujum oqibatida halok boʻlganlar soni 104 nafarga etdi, 760 kishi yaralangan. Shuningdek, sektorda yana 7 bola ochlikdan oʻldi va ular soni 13 nafarga etdi.