genotsid
AQSh va Evropadagi yuzlab rasmiylar Isroilni qoʻllab-quvvatlash siyosatini tanqid qiluvchi jamoaviy maktubni imzoladi
AQSh, Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi mamlakatlaridagi 800 dan ortiq iqtidordagi hukumat amaldorlari oʻz hukumatlarining Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urushdagi siyosatiga qarshi jamoaviy bayonotni imzoladi. “Hukumatlarimiz yuritayotgan siyosat xalqaro huquqning jiddiy buzilishi, urush jinoyatlari va hatto etnik tozalash yoki genotsidga olib kelish xavfiga ega”, deyiladi bayonotda.
Davomini o'qish...02.02.2024 23:48Isroilning Gʻazoning Rafah shahriga uyushtirgan hujumlarida 100 dan ortiq odam halok boʻldi
Isroil havo, quruqlik va dengizdan turib Gʻazoning Misr bilan chegarasidagi Rafah shahriga uyushtirgan hujumlarida 100 dan ortiq kishining halok boʻlgani, yuzlab kishining yaralangani maʻʻlum qilindi.
Davomini o'qish...12.02.2024 11:30Isroilning gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga hujumidan 104 kishi halok boʻldi
Erta tongda Isroil kuchlari Gʻazo shahri janubidagi Reshid koʻchasidagi Nablusi chorrahasi yaqinida insonparvarlik yordamini kutayotgan falastinliklar olomoniga zarba berdi. Hujum oqibatida halok boʻlganlar soni 104 nafarga etdi, 760 kishi yaralangan. Shuningdek, sektorda yana 7 bola ochlikdan oʻldi va ular soni 13 nafarga etdi.
Davomini o'qish...29.02.2024 04:15BMT uchun “dahshat”, AQSh uchun - “jiddiy hodisa”, Isroil uchun esa “tahdid va talonchilik”
Isroil Gʻazoda gumanitar yordam kutayotgan tinch aholi vakillarini qirgʻin qilishi butun dunyo boʻylab keskin munosabatlarga sabab boʻlmoqda. Ushbu hodisani BMT “dahshat”, AQSh “Jiddiy hodisa” deb atagan boʻlsa, Isroil gumanitar yordamga yopirilgan odamlarni bir-biri bilan janjallashib, yuk mashinasini talon-toroj qilganlikda aybladi – munosabatlar.
Davomini o'qish...01.03.2024 10:33600 dan ziyod chililik yuristlar Isroil bosh vaziri ustidan daʻʻvo ochdi
Chililik 620 nafar yurist Xalqaro jinoiy sudga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga qarshi Falastin hududida sodir etilgan jinoyatlar uchun daʻʻvo arizasi berdi. Daʻʻvoda Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari sodir etilgani haqida dalillar keltirilgan.
Davomini o'qish...20.03.2024 11:33The New York Times jurnalistlariga “genotsid” va “etnik tozalash” soʻzlarini ishlatmaslik topshirildi
AQShning The New York Times gazetasi Isroilning Gʻazoda olib borayotgan urushini yoritayotgan jurnalistlariga “genotsid” va “etnik tozalash” atamalarini ishlatishni cheklash hamda Falastinga nisbatan “bosib olingan hudud” iborasini ishlatmaslikni topshirdi. Shuningdek, “Falastin” soʻzini kamroq ishlatish va “qochqinlar chodirgohi” atamalaridan qochish ham buyurildi.
Davomini o'qish...16.04.2024 14:54YuNISEF: Gʻazoda har 10 daqiqada bir bola oʻlmoqda yoki yaralanmoqda
YuNISEF Gʻazodagi bolalar Isroil hujumlarining eng ogʻir yukini koʻtarayotgani, har 10 daqiqada ulardan biri oʻlayotgani yoki jarohat olayotganini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...20.04.2024 12:28Hibsga olingan falastinliklar qiynoqlar ostida qolmoqda
YuNRVA Isroil harbiylarining falastinliklarga nisbatan qoʻllanayotgan qiynoqlar haqida maʻʻlum qildi. Oʻzboshimchalik bilan hibsga olingan gʻazoliklar yalangʻoch echintirilib, xoʻrlanmoqda, turli xil qiynoqlarga solinmoqda. Hibsga olinganlarning hojatga chiqishi ham taqiqlanmoqda.
Davomini o'qish...01.05.2024 11:48Turkiya Isroilga qarshi genotsid ishiga qoʻshilishga qaror qildi
Turkiya Janubiy Afrikaning Isroilni genotsidda ayblab Xalqaro sudga kiritgan daʻʻvosiga qoʻshilishga qaror qildi. "Biz tanlov qarshisida turibmiz. Yoki qonun va insoniylikni himoya qilamiz yoki barchamiz Isroil zulmining badalini toʻlaymiz", - dedi Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan.
Davomini o'qish...02.05.2024 10:30BMT 1995 yilda Srebrenitsadagi voqealarni genotsid deb tan oldi
BMT Bosh Assambleyasi 1995 yilda Srebrenitsadagi voqealarni genotsid deb tan olish va 11 iyulni Bosniyalik musulmonlar genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilash haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bosniya serblari qoʻshinlari BMT tomonidan “xavfsiz hudud” deb belgilangan Srebrenitsaga hujum qilganidan soʻng boshlangan genotsidda 8000 dan ortiq bosniyalik halok boʻldi. Ularning jasadlari mamlakatning 570 ta turli hududidan topilgan va qidiruv ishlari bugungi kungacha davom etmoqda.
Davomini o'qish...24.05.2024 10:13