Hibsga olingan falastinliklar qiynoqlar ostida qolmoqda
YuNRVA Isroil harbiylarining falastinliklarga nisbatan qoʻllanayotgan qiynoqlar haqida maʻʻlum qildi. Oʻzboshimchalik bilan hibsga olingan gʻazoliklar yalangʻoch echintirilib, xoʻrlanmoqda, turli xil qiynoqlarga solinmoqda. Hibsga olinganlarning hojatga chiqishi ham taqiqlanmoqda.
YuNRVA Isroil harbiylarining falastinliklarga nisbatan
qoʻllanayotgan qiynoqlar haqida maʻʻlum qildi. Bu haqda YuNRVA komissari general Filip Lazzarini maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda Islam News.
Uning
soʻzlariga koʻra, oʻzboshimchalik bilan hibsga olingan gʻazoliklar yalangʻoch
echintirilib, xoʻrlanmoqda, turli xil qiynoqlarga solinmoqda. Hibsga
olinganlarning hojatga chiqishi ham taqiqlanmoqda. Hibsga olingan BMT xodimlari ushbu
maʻʻlumotni tasdiqlagan.
Bir
vaqtning oʻzida Gʻazoda Isroil xavfsizlik kuchlari qurboni boʻlgan falastinliklarning
ommaviy qabrlarini topish davom etmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlumotlariga
koʻra, oʻldirilganlarning koʻpchiligi, jumladan, ayollar va bolalar qiynoqqa
solingan, qatl qilingan, baʻʻzilari esa oʻlim oldidan tiriklayin koʻmilgan. Birgina Yunisdagi Nosir
tibbiyot majmuasi hududida 400 dan ortiq odamning jasadi topildi.