29.02.2024 04:15

Isroilning gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga hujumidan 104 kishi halok boʻldi

Erta tongda Isroil kuchlari Gʻazo shahri janubidagi Reshid koʻchasidagi Nablusi chorrahasi yaqinida insonparvarlik yordamini kutayotgan falastinliklar olomoniga zarba berdi. Hujum oqibatida halok boʻlganlar soni 104 nafarga etdi, 760 kishi yaralangan. Shuningdek, sektorda yana 7 bola ochlikdan oʻldi va ular soni 13 nafarga etdi.

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi voizi Ashraf al-Qudra sektorda insonparvarlik yordami tarqatilishini kutayotganida Isroil armiyasi hujumi natijasida halok boʻlgan falastinliklar soni 104 nafarga, yaradorlar soni 760 nafarga etganini maʻʻlum qildi.

Al-Qudraning xabariga koʻra, halok boʻlganlar va yaradorlar shifoxonalarga etkazilgan. "Tibbiy guruhlar cheklangan resurslar bilan jiddiy holatlar ustida shugʻullanishda davom etmoqdalar", dedi u.

Tongda Isroil kuchlari Gʻazo shahri janubidagi Reshid koʻchasi Nablusi chorrahasi yaqinida gumanitar yordam olish uchun kutayotgan falastinliklarga zarba berdi.

Guvohlarning maʻʻlum qilishicha, Isroil hujumlarida yarador va oʻliklarni olib ketayotgan tibbiy guruhlar va tinch aholi ham nishonga olingan.

Oʻz navbatida, Gʻazo hukumati Isroilning Gʻazoda tinch aholiga uyushtirgan hujumini “qasddan va rejalangan” deb atadi. “Bosqinchi armiya bu odamlarning mintaqaga gumanitar yordam uchun kelganini bilar edi, biroq ularni sovuqqonlik bilan oʻldirdi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador