eron
-
Eronda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi islohotchilar bloki vakili Masud Pezeshkian gʻalabasi bilan yakunlandi. Masud Pezeshkian uchun saylovchilarning 53,6 foizi ovoz berdi. 69 yoshli siyosatchi Eron gʻarbida etnik ozarbayjonlar oilasida dunyoga kelgan.
-
Eronda prezidentlik saylovining ikkinchi turiga ovoz berish boshlandi. Unda ikki nomzod 69 yoshli sobiq sogʻliqni saqlash vaziri, islohotchi Masud Pezeshkiyan hamda Eron rahbarining respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi 58 yoshli vakili, konservativ Said Jaliliy prezidentlik lavozimi uchun kurashmoqda. 3 iyulʻ kuni oʻtkazilgan soʻrovlarda ishtirokchilarning 49,5 foizi islohotchi nomzod Pezeshkianga ovoz berishini aytgan. Saylovchilarning 43,9 foizi esa konservativ nomzod Said Jalilini afzal koʻrgan.
-
Eron Vazirlar Kengashi Tojikiston bilan vizani bekor qilish haqidagi maktubni imzoladi. Ushbu maktubga koʻra, Tojikiston fuqarolari mamlakatda 30 kun muddatgacha vizasiz qolishlari mumkin. Buning uchun faqat havo orqali, faqat Dushanbedan Tehronga uchish talab qilinadi. Viza tartibining bekor qilish sanasi tez orada eʻʻlon qilinadi.
-
Eronda bugun, 28 iyunʻ kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boʻldi. Ushbu lavozimni egallash uchun fors mamlakatida toʻrt nomzod – uch konservator va bir islohotchi kurashdi.
-
Eronda saylovlarni nazorat qiluvchi Islom Respublikasi Qoʻriqchilar kengashi prezident Ibrohim Raisiyning kutilmagan oʻlimidan soʻng 28 iyunga belgilangan prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun roʻyxatga olingan 80 nafar nomzodan 6 nafarini tanlab oldi. Eron prezidentligiga 4 nafar ayol ham nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtgan edi, biroq ular yakuniy roʻyxatdan oʻrin olmadi.
-
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod oliy hukumat lavozimiga yana oʻz nomzodini qoʻyishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Islom Respublikasi davlat televideniesi. Avvalroq, boʻlajak saylovlarda nomzodlardan biri ayol kishi boʻlishi maʻʻlum boʻlgan edi.
-
Eron tergovchilari prezident va respublika tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan vertolyot halokatga uchragani boʻyicha sabotaj versiyasini rad etdi, deb xabar bermoqda Eron Bosh shtabi bayonotida.
-
Politico nashri AQSh maʻʻmuriyati Eron prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot halokatida Tehron Vashingtonni ayblashidan choʻchigari, qidiruv-qutqaruv operatsiyasini diqqat bilan kuzatganini yozdi. Shuningdek, Oq uy mazkur halokat Yaqin Sharqdagi vaziyatni qanday oʻzgartirishi mumkinligi haqida savollar bergan.
-
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon hayotdan koʻz yumgan vertolyot halokati koʻplab savollarni keltirib chiqarmoqda. Hodisa qanday va nima sababdan sodir boʻlgani haqida hozircha rasmiy bayonot berilgani yoʻq. Mutaxassislarning taʻʻkidlashicha, parvoz protokollariga toʻliq amal qilinmagan.
-
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot halokati natijasida vafot etgani munosabati bilan mamlakatda 5 kunlik motam eʻʻlon qilindi. Shuningdek, Turkiya, Suriya, Livan, Iroq, Hindiston, Pokiston va Tojikistonda ham milliy motam eʻʻlon qilindi.