10.06.2024 16:25

Eron prezidentligiga nomzodlar maʻʻlum boʻldi

Eronda saylovlarni nazorat qiluvchi Islom Respublikasi Qoʻriqchilar kengashi prezident Ibrohim Raisiyning kutilmagan oʻlimidan soʻng 28 iyunga belgilangan prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun roʻyxatga olingan 80 nafar nomzodan 6 nafarini tanlab oldi. Saralanganlar asosan konservatorlar boʻlib, faqat bitta islohotchi oʻz nomzodini qoʻyishi mumkin, deb yozmoqda Middle East Eye.

Eron parlamentida Tabrizdan vakil Masud Pezeshkian 2022 yil sentyabrida politsiya hibsxonasida 22 yoshli kurd ayol Mahsa Aminiyning oʻlimi sabab boʻlgan umummilliy norozilik namoyishlari chogʻida hukumatning shaffof emasligini tanqid qildi. 

Mostafa Pourmoxammadi

 Shuningdek, mamlakatning sobiq ichki ishlar vaziri va sobiq adliya vaziri Mustafo Purmuhammadiy, Tehron meri Alirizo Zakoniy, vitse-prezident Amir-Husayn Gʻozizoda-Hoshimiy, parlament spikeri Muhammad-Bagʻir Gʻolibaf, Eron Xavfsizlik kengashi aʻʻzosi Said Jaliliy ham saylovlarda qatnashadi. Oʻz nomzodini ilgari surgan bir qator yuqori martabali shaxslarga saylovda qatnashishga ruxsat berilmadi. Jumladan, Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod ham oʻz nomzodini ilgari surgan edi.

Amir Husayn Gʻozizoda-Hoshimiy

Masud Pezeshkian

Alirizo Zakoniy

Muhammad-Bagʻir Gʻolibaf 

Said Jaliliy

 Toʻrt nafar ayol ham nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtgan, ammo 1979 yil Islom inqilobidan keyin har bir prezidentlik saylovlarida boʻlgani kabi yakuniy roʻyxatdan chiqarib yuborilgan.

Erondagi islohotchilarning aytishicha, konservativ prezident Raisiy 19 may kuni vertolyot halokatida vafot etganiga qaramay, uning fraktsiyasi hokimiyatni saqlab qolishi mumkin.

Mavzuga aloqador