11.12.2023 15:15

Isroil lobbisi Pensilʻvaniya universiteti prezidenti Elizabet Magillni ishdan boʻshatishga erishdi

Isroilning AQShdagi lobbisi Isroil armiyasi tomonidan ommaviy qirgʻin qilinayotgan Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlagan talabalarga qarshi chora koʻrishdan bosh tortgan Pensilʻvaniya universiteti prezidenti Elizabet Magillning ishdan boʻshatilishiga erishdi.

The New York Times nashri maʻʻlumotlariga koʻra, Magill oʻz xohishi bilan ariza yozishga qaror qilgan va universitetda ishlashni sharaf deb atadi.

Ayol prezident vazifasini bajaruvchi etib saylanmaguncha oʻz vazifalarini bajarishda davom etadi. Bundan tashqari, u huquq fakulʻteti aʻʻzosi boʻlib qoladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh Kongressining 70 dan ortiq aʻʻzosi Megill va yana ikki universitet – Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti prezidentlarini tanqid qilgan edi. Rektorlarning muammosi Isroilning Gʻazodagi harakatlarini qoralagan talabalarni jazolashdan bosh tortishi tufayli yuzaga kelgan. Isroil lobbisi rektorlarni «antisemitizm»da aybladi.

Mavzuga aloqador