Isroil oq fosforli oʻq-dorilarga ega ekanini tan oldi
Isroil armiyasi arsenalida oq fosforli tutun bombalari bor. Bu haqda TRT Isroil armiyasi radiosi orqali tarqatilgan xabarga tayanib maʻʻlum qildi.
Bayonot AQSh maʻʻmuriyati Livan janubidagi toʻqnashuvlarda bunday
oʻq-dorilar qoʻllanilishidan xavotir bildirganidan soʻng yangradi.
“Bizning ixtiyorimizda oq fosforni oʻz ichiga olgan tutun bombalari bor.
Ular hujum yoki yongʻin oʻchirish uchun emas, balki kamuflyaj (pana qilish) maqsadlarida
moʻljallangan”, — deya Isroil armiyasining soʻzlaridan iqtibos keltirgan Anadolu agentligi.
Bayonotda taʻʻkidlanishicha, Gʻarb davlatlarining koʻplab
armiyalarida ham shunday tutunli bombalar mavjud va ular goʻyoki xalqaro huquq
tomonidan ruxsat etilgan. Taʻʻkidlanishicha, ular qonuniy ravishda yondiruvchi qurol
sifatida belgilanmagan.
BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ham Isroil armiyasining,
ayniqsa, aholi zich joylashgan hududlarda oq fosfordan foydalanishidan jiddiy
xavotir bildirdi.
Falastinning “Al-Aqsa”
telekanali 8 dekabrʻ kuni Isroil koʻp tinch aholi istiqomat qiladigan Jabaliya
qochqinlar lageridagi maktabga uyushtirgan hujumda “fosforli tutunli bomba”lardan
foydalangani haqida xabar bergan
edi.
Inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari Amnesty International va Human Rights Watch (HRW) ham Isroil Gʻazo sektori hamda Livandagi harbiy amaliyotlarda oq fosfor ishlatganini taʻʻkidladi. Huquq himoyachilari dalil sifatida Anadolu videoyozuvini keltirishdi.
Shuningdek, urush zonalarini monitoring qiluvchi ACLED guruhi maʻʻlumotlariga koʻra, Isroil soʻnggi ikki oy ichida Livan bilan chegara hududlarida 60 martadan ortiq oq fosforli oʻq-dorilardan foydalangan. Livan bosh vaziri Najib Mikati 2 dekabrʻ kuni Isroilning oʻq-dorilardan foydalanishi “tinch aholining oʻlimiga sabab boʻlgan va 5 million kvadrat metrdan ortiq oʻrmon va qishloq xoʻjaligi erlariga tuzatib boʻlmaydigan zarar etkazgan, minglab zaytun daraxtlariga zarar etkazganini” aytdi.
Maʻʻlumot uchun, xalqaro gumanitar huquq tomonidan taqiqlangan fosfor bombasi oq fosfor deb ataladigan kimyoviy moddani oʻz ichiga olgan portlovchi quroldir. Oq fosfor zarralari bomba portlagandan soʻng tarqalib, tez yonishni boshlaydi. Fosfor bombasining bugʻlari inson tanasiga bir marta kirib, asfiksiya (kislorod etishmasligi natijasida boʻgʻilish)ga olib keladi.