Senator: Isroil reputatsion urushda magʻlub boʻlmoqda
AQSh Senati aʻʻzosi, Vermont shtatidan mustaqil nomzod Berni Sanders Isroil falastinlik tinch aholiga qarshi hujumlari tufayli dunyo jamoatchiligi nigohida “urushda yutqazayotganini” maʻʻlum qildi.
“Hozirgacha
ular (Isroil qoʻshinlari) Gʻazo sektoridagi uylarning yarmidan koʻpini vayron
qilishdi. Oldindan aytish qiyin, lekin, umuman olganda, jangda gʻalaba qozonishi mumkin,
ammo urushda magʻlub boʻlishiga ishonaman. Jahon hamjamiyati vaziyatni qanday
baholashi nuqtai nazaridan Isroil urushda yutqazmoqda”, — deya aniqlik kiritdi
senator.
Qonunchining taʻʻkidlashicha, Isroil HAMASdan "oʻzini himoya qilish huquqiga
ega", ammo u "hozirgidek tinch aholiga dahshatli ziyon etkazib, Falastin
xalqiga qarshi urush olib borishda davom eta olmaydi".
Sanders AQSh rahbarlarini bosh vazir Binʻyamin Netanyaxuni bu
halokatli harbiy yondashuvni toʻxtatishga undash uchun qoʻlidagi barcha bosim vositalarini qoʻllashga chaqirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Gʻazodagi janglarni davom
ettirishi uchun Nitanʻyaxuga yana 10 milliard dollar ajratsa,
masʻʻuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan boʻlardi.
Sanders, shuningdek, AQSh qachondir Isroil va Falastin oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish
boʻyicha BMT rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlashiga umid bildirdi. Senatorning
taʻʻkidlashicha, bu garovga olinganlarni ozod qilish va eksklavga "katta
miqdorda insonparvarlik yordami" etkazilishini tashkil etish imkonini beradi.
Eslatib
oʻtamiz, 8 dekabrʻ kuni Vashington BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin
Sharqdagi mojaro zonasida sulh tuzishga chaqiruvchi navbatdagi rezolyutsiyasiga veto
qoʻydi. Xavfsizlik Kengashining 15 aʻʻzosidan 13 nafari loyiha uchun ovoz berdi,
Buyuk Britaniya esa ovoz berishda betaraf qoldi. Bu 7 oktyabrdan beri AQSh tomonidan
bloklangan ikkinchi rezolyutsiyadir. Oq uy Isroil Gʻazoda urushni davom ettirish
huquqiga ega ekanligini taʻʻkidlab keladi.