12.12.2023 10:58

Rossiya qattiq bugʻdoy eksportiga vaqtinchalik cheklov kiritadi

Rossiya hukumati qattiq bugʻdoy eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi. Tegishli farmon Rossiya hukumati saytida eʻʻlon qilindi.

“Qaror oziq-ovqat xavfsizligini taʻʻminlashga qaratilgan boʻlib, ichki bozorda qattiq bugʻdoy mahsulotlari narxlari bilan bogʻliq barqaror vaziyatni saqlashga yordam beradi”, — deyiladi hujjatda.

Vaqtinchalik cheklov hukumat qarori eʻʻlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va 2024 yil 31 maygacha amal qiladi.

Shu bilan birga, hujjat eksport taqiqi qoʻllanilmaydigan bir qator istisnolarni nazarda tutadi. Bunga xalqaro gumanitar yordam va xalqaro hukumatlararo kelishuvlar doirasida qattiq bugʻdoy eksporti hamda etkazib berish kiradi, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, qattiq bugʻdoyni Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʻʻzo davlatlar – Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston va Qozogʻistonga hukumat qarori bilan belgilangan kvotalar doirasida Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida eksport qilishga ruxsat etiladi.