Gʻazo sektorida Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni 86 nafarga etdi, deb xabar bermoqda Anadolu Falastin anklav hukumati matbuot xizmatiga tayanib. Ulardan uch nafari ayol ekanligi aniqlangan.

Xabar qilinishicha, 11 dekabrʻ kuni anklav hududida Isroilning havo hujumlari oqibatida yana ikki nafar jurnalist halok boʻlgan.

"Isroil falastinlik jurnalistlarni oʻldirish bilan Falastin tarixini va haqiqatni yashirishni maqsad qilgan", - deyiladi hisobotda.

Bayonotda halok boʻlgan jurnalistlarning shaxsi haqida hech qanday maʻʻlumot berilmagan.

Avvalroq, 1 dekabrʻ kuni Anadolu agentligi operatori Muntasir as-Savvaf Gʻazo janubidagi Al-Durj hududidagi bombardimonlarda halok boʻlgan edi. Al-Savvof 18 noyabrʻ kuni Isroilning navbatdagi havo hujumidan soʻng qariyb butun oilasidan ayrilgandi. Muxbirning oʻzi yaralangan, biroq ishni davom ettirishga qaror qilgandi.

“Men shu erda qolaman. Nima boʻlishidan qatʻʻi nazar, oxirgi nafasimgacha ishimni bajarishda davom etaman va Gʻazo sektorida olingan kadrlarni yuboraman. Bosqinchilarning bizga qilgani ishimizni davom ettirishimizga toʻsqinlik qilmaydi”, - degan edi u.

Gʻazoda har kuni bir necha yuz falastinliklar halok boʻladi, qurbonlarning umumiy soni allaqachon 18 ming kishidan oshdi. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir.

Mavzuga aloqador