08.12.2023 10:24

AQSh Senati Ukraina va Isroilga moddiy yordam ajratish toʻgʻrisidagi qonunni rad etdi

AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvanni qoʻllab-quvvatlash va boshqa maqsadlar uchun jami 110 milliard dollar ajratishni koʻzda tutgan qonun loyihasini maʻʻqullashdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda The Washington Post.

Oʻzgartirishlarga qarshi tomon juda kichik farq - 49ga qarshi 51 ta ovoz bilan gʻalaba qozondi.

Avvalroq Bayden maʻʻmuriyati qonun loyihasini qabul qilish Ukrainani moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish uchun zarurligi, aks holda sanoqli haftalar ichida magʻlub boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Koʻpchilik kuzatuvchilarning fikricha, AQSh Senatining ushbu qonun loyihasini qabul qilmagani amerikaliklar tomonidan Isroilni qoʻllab-quvvatlash zaiflashganiga hech qanday aloqasi yoʻq. Ekspertlar buni AQShning Rossiya bilan muzokaralar stoliga oʻtirish taklifiga rad javobini berayotgan Vladimir Zelenskiyga qarshi yoʻnaltirilgan namoyishkorona qadami deb hisoblamoqda. Bu nuqtai nazarga koʻra, Vashington Ukraina mojarosiga imkon qadar tezroq chek qoʻyishga va Kievda qolgan hududlarni saqlab qolishga, keyin esa Ukrainani tinchlik shartnomasi imzolangandan keyin NATOga qoʻshib olishga harakat qilmoqda.

Mavzuga aloqador