AQShning Bogʻdoddagi elchixonasi nomaʻʻlum jangarilar tomonidan oʻqqa tutildi
Nomaʻʻlum jangarilar Iroq poytaxti Bogʻdod shahri markazidagi qattiq qoʻriqlanadigan “yashil hudud”da joylashgan AQSh elchixonasini raketa bilan oʻqqa tutdi. Bu haqda Shafaq News Iroq xavfsizlik kuchlaridagi manbalariga tayanib xabar qildi.
Qaydetilishicha,
Amerika diplomatik missiyasi hududida kuchli portlashlar eshitilgan va binoda
signal sirenalari yangragan. Hozircha hech bir harbiylashgan tashkilot hujum uchun
javobgarlikni oʻz zimmasiga olgani
yoʻq.
Maʻʻlumotlarga
qaraganda, Isroil 7 oktyabrʻ kuni Gʻazoga uyushtirgan hujumlaridan keyin AQSh
boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlarining Iroq va Suriyadagi bazalariga qarshi
70 dan ortiq hujum uyushtirilgan.
Hujumlarning
aksariyatini Eron tarafdori hisoblangan shialarning Iroq islomiy qarshiligi deb
nomlangan guruh oʻz zimmasiga olgan.