Pavel Durov
Frantsiya Pavel Durovni hibsga olish muddatini uzaytirdi
Frantsiya hukumati Telegram asoschisi Pavel Durovni hibsda saqlash muddatini 96 soatgacha (4 kun) uzaytirdi. Durov firibgarlik, giyohvand moddalar savdosi, kiberbulling, uyushgan jinoyatchilik va terrorizm tashviqoti kabi jinoyatlarda gumonlanmoqda. Telegram ushbu ayblarni rad etdi.
Davomini o'qish...26.08.2024 10:33BAA oʻz fuqarosi Pavel Durovni himoya qilib chiqdi
BAA TIV Frantsiyada olingan oʻz fuqarosi Pavel Durovga barcha konsullik xizmatlari zudlik bilan koʻrsatish va Parijga tegishli soʻrov yuborishga tayyorligini bildirdi. Telegram asoschisi bir vaqtning oʻzida toʻrt davlat – Rossiya, Frantsiya, BAA hamda Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis davlati fuqarosi hisoblanadi.
Davomini o'qish...27.08.2024 12:32BAA Durov hibsga olingani tufayli Frantsiya bilan yirik kelishuvni muzlatib qoʻygani aytilmoqda
Germaniyalik tadbirkor va va faol Kim Dotkom Durov hibsga olinganining ertasiga Frantsiya katta yoʻqotishlarga uchrash xavfi ostida qolganini maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, BAA 80 ta yangi avlod Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib olish boʻyicha 17 milliard dollarlik bitimni muzlatishga qaror qilgan.
Davomini o'qish...28.08.2024 08:54Telegram asoschisi Pavel Durov garov evaziga ozod qilindi
Frantsiya sudi uyushgan jinoyatchilikda ayblanayotgan Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan rasmiy tergov boshladi, biroq u 5 million evro miqdorida garov puli evaziga sudgacha qamoqda boʻlishdan qutildi. Shuningdek, Durovga Frantsiya hududini tark etish taqiqlanib, haftasiga ikki marta politsiya idorasiga kelish topshirildi.
Davomini o'qish...29.08.2024 07:33Pavel Durov Frantsiyada hibsga olinganidan keyin birinchi bor vaziyatga izoh berdi
Pavel Durov Frantsiyada qoʻlga olinganidan soʻng ilk bor bayonot bilan chiqdi. U Telegram koʻplab mamlakatlar bilan hamkorlikka tayyorligi biroq oʻz printsiplaridan voz kechmasligini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...06.09.2024 09:19Durov: Telegram foydalanuvchi maʻʻlumotlarini huquq-tartibot idoralariga taqdim etadi
Telegram asoschisi Pavel Durov platforma qoidalarini buzgan foydalanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqamlari huquq-tartibot idoralariga oʻtkazilishini maʻʻlum qildi. Tadbirkor bu faqat asosli qonuniy soʻrovlarga javoban amalga oshirilishiga ishontirdi. Shuningdek, messenjer xalqaro qonunchilik talablariga muvofiq maxfiylik siyosatini yangiladi.
Davomini o'qish...24.09.2024 09:35