28.08.2024 08:54

BAA Durov hibsga olingani tufayli Frantsiya bilan yirik kelishuvni muzlatib qoʻygani aytilmoqda

Germaniyalik tadbirkor va va faol Kim Dotkom Durov hibsga olinganining ertasiga Frantsiya katta yoʻqotishlarga uchrash xavfi ostida qolganini maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, BAA 80 ta yangi avlod Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib olish boʻyicha 17 milliard dollarlik bitimni muzlatishga qaror qilgan.

Telegram asoschisi Pavel Durovning hibsga olinishi Frantsiya bilan koʻp milliard dollarlik kelishuvni xavf ostiga qoʻydi. Bu haqda germaniyalik tadbirkor va faol Kim Dotkom X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida maʻʻlum qildi.

Taʻʻkidlanishicha, Pavel Durovning hibsga olinishi tufayli Frantsiya hukumati katta moliyaviy yoʻqotishlarga uchrashi mumkin.

Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, Durov hibsga olinganining ertasiga Frantsiya katta yoʻqotishlarga uchrash xavfi ostida qolgan. BAA 80 ta yangi avlod Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib olish boʻyicha yirik bitimni muzlatishga qaror qilgan. Shartnoma 17 milliard dollarga baholangan boʻlib, uning yoʻqotilishi Frantsiya iqtisodiyotiga jiddiy zarba berishi mumkin. Dotsom, shuningdek, Pavel Durov BAA fuqarosi va bosh vazir oʻrinbosari Hamdan Al Maktumning yaqin doʻsti ekanligini taʻʻkidladi.

Kim Dotkom shuningdek, Durov ozod qilinmaguncha Frantsiyani boykot qilishga chaqirdi.

Avvalroq BAA Tashqi ishlar vazirligi Frantsiyada hibsga olingan oʻz fuqarosi Pavel Durovga barcha konsullik xizmatlarini zudlik bilan koʻrsatish va Parijga tegishli soʻrov yuborishga tayyorligini bildirgandi.

Telegram asoschisi 2021 yilda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) fuqaroligini olgan. Shunday qilib, Durov bir vaqtning oʻzida toʻrtta davlat fuqarosi boʻldi - Rossiya, Karib dengizi orollarida joylashgan Sent-Kits va Nevis davlati, Frantsiya va BAA.

2021 yilning fevralʻ oyida Durov Dubay valiahd shahzodasi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid al-Maktum bilan ham uchrashgan. Shayx BAA bosh vazirining oʻgʻli.

Eslatib oʻtamiz, Pavel Durov Durov oʻz samolyotida etib kelgan Frantsiyaning Le Burje aeroportida qoʻlga olingan edi. U Frantsiyada 12 ta jinoyatda ayblanmoqda.

Frantsiya huquq-tartibot idoralari Telegram xabarlashmasini jinoyatchilik uchun zamin deb biladi. Durovni kontentlarni qatʻʻiy moderatsiya qilish, shuningdek, giyohvand moddalar tarqatish va firibgarlikda gumon qilingan foydalanuvchilar haqidagi maʻʻlumotlarni oshkor qilishda rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblamoqda. 

Mavzuga aloqador