24.09.2024 09:35

Durov: Telegram foydalanuvchi maʻʻlumotlarini huquq-tartibot idoralariga taqdim etadi

Telegram  asoschisi Pavel Durov platforma qoidalarini buzgan foydalanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqamlari huquq-tartibot idoralariga oʻtkazilishini maʻʻlum qildi. Tadbirkor bu faqat asosli qonuniy soʻrovlarga javoban amalga oshirilishiga ishontirdi. Shuningdek, messenjer xalqaro qonunchilik talablariga muvofiq maxfiylik siyosatini yangiladi.

Platforma bilan bogʻliq jinoiy ish tufayli Frantsiyani tark eta olmagan Durovning maʻʻlum qilishicha, ilgari Telegram’dagi qidiruv imkoniyatidan ayniqsa Evropa Ittifoqi hududida noqonuniy tovarlar, jumladan, giyohvand moddalarni sotish maqsadida foydalanilgan. Messenjer maʻʻmuriyati ushbu hodisaga qarshi kurashadi. Bu haqda biznesmen 23 sentyabrʻ, dushanba kuni Telegram-kanalida maʻʻlum qildi.

Moderatsiya guruhi sunʻʻiy intellektdan foydalangan holda qidiruv natijasida topilgan barcha noqonuniy kontentni olib tashlaydi. Durov foydalanuvchilarni noqonuniy kontent topilsa, SearchReport boti orqali xabar berishga chaqirdi.

Xizmat koʻrsatish shartlari va Maxfiylik siyosati ham butun dunyo boʻylab barcha foydalanuvchilar uchun bir xil boʻlishi uchun yangilandi. Durovning taʻʻkidlashicha, platforma qoidalari buzilgan hollarda, agar qonuniy asoslar mavjud boʻlsa, foydalanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqamlari tegishli organlarga oʻtkazilishi mumkin.

"Biz qoidalarimizni buzganlarning IP-manzillari va telefon raqamlari qonuniy talablarga javoban tegishli organlarga berilishi mumkinligini aniq aytdik. Bu chora-tadbirlar jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan. Telegram’dagi qidiruv imkoniyati doʻstlarni topish va yangiliklarni ochish uchun, noqonuniy tovarlarni targʻib qilish uchun emas. Tajovuzkorlarning qariyb milliard foydalanuvchi uchun platformamizning yaxlitligiga raxna solishlariga yoʻl qoʻymaymiz”, — deb yozdi Durov.

Mavzuga aloqador