Isroil havo, quruqlik va dengizdan turib Gʻazoning Misr bilan chegarasidagi Rafah shahriga uyushtirgan hujumlarida 100 dan ortiq kishining halok boʻlgani, yuzlab kishining yaralangani maʻʻlum qilindi.

Isroil havo, quruqlik va dengizdan turib Gʻazoning Misr bilan chegarasidagi Rafah shahriga uyushtirgan hujumlarida 100 dan ortiq kishining halok boʻlgani, yuzlab kishining yaralangani maʻʻlum qilindi. Bu haqda Falastinning WAFA rasmiy agentligi xabar qildi.

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati ham Isroil hujumlari asosan Rafah shahar markazida boʻlganini va hujumlarda tinch aholining uylari nishonga olinganini eʻʻlon qildi.

Quvayt kasalxonasi direktori Suhayb al-Hims shifoxona juda xavfli vaziyatda jarohatlanganlar bilan toʻlgani, dori-darmon va zardob etarli emasligini bildirdi.

Mahalliy manbalar, jangovar samolyotlar, artilleriya va harbiy kemalarning dengizdan shiddatli otishmalari bilan bir vaqtda 40 ga yaqin havo hujumi uyushtirilgani, Gʻazoning boshqa qismlaridan koʻchirilganlar boshpana topgan koʻplab uy va masjidlarni nishonga olinganini qayd etdi. 

Mavzuga aloqador