Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Kirill Budanov The War Zone nashriga bergan intervʻyusida Shimoliy Koreya qoʻshinlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyada tayyorgarlikdan oʻtayotgani haqidagi maʻʻlumotni tasdiqladi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Shimoliy Koreyaning 11 mingga yaqin piyoda askarlari Rossiya sharqida tayyorgarlikdan oʻtmoqda va ular 1 noyabrdayoq jangovar harakatlarga tayyor boʻlishadi.

"Hozirda bizda toʻliq manzara yoʻq", deb taʻʻkidladi Budanov va 2600 askardan iborat birinchi boʻlinmani Kursk viloyatiga yuborish rejalashtirilganligini qoʻshimcha qildi.

Qolgan Shimoliy Koreya qoʻshinlarining keyingi taqsimoti haqida maʻʻlumot hozircha mavjud emas. Bu bayonotlar Ukraina rahbariyati va xalqaro kuzatuvchilarning ilgari bildirilgan xavotirlarini tasdiqlaydi.

Avvalroq, 8 oktyabrʻ kuni Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya Rossiyani qoʻllab-quvvatlash uchun Ukrainaga muntazam qurolli kuchlarining bir qismini yuborishi mumkinligini maʻʻlum qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu masalani bir necha bor koʻtarib, Shimoliy Koreya urushga haqiqiy qoʻshilganini eʻʻlon qildi va hamkorlarni Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirdi. 17 oktyabrʻ kuni u Rossiya Ukrainaga qarshi urushga 10 mingga yaqin shimoliy koreyalik askarni jalb qilmoqchi ekanligiga aniqlik kiritdi.

Rossiya hukumati KXDR harbiylarining ishtiroki haqidagi daʻʻvolarni rad etdi. 10 oktyabrʻ kuni Kremlʻ matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday xabarlarni ishonchsiz deb baholadi. "Bu navbatdagi maʻʻlumot yolgʻoniga oʻxshaydi", dedi Peskov jurnalistlarga.

Mavzuga aloqador