Rossiyada migrantlarni kaltaklab, videosini tarqatib kelgan oʻsmirlar toʻdasi qoʻlga olindi
Rossiyaning Kaluga viloyatida politsiyachilar mehnat muhojirlariga hujumlar uyushtirgan oʻsmirlar toʻdasi faoliyatini toʻxtatdi, deb xabar bermoqda Baza Telegram-kanali.
Qayd
etilishicha, oʻnga yaqin kishidan iborat jinoiy guruh rahbarlari 16 yoshli ikki nafar maktab
oʻquvchisi boʻlgan. Bundan tashqari, balogʻatga etmagan banditlar orasida bir qiz
ham boʻlib, u «xoʻrak» vazifasini bajargan.
Nashrning
yozishicha, banditlar aniq tuzilgan sxema boʻyicha harakat qilishgan – ularning
sherigi xorijliklar bilan yozisha boshlagan va suhbat davomida aloqani yuzma-yuz
koʻrishib davom davom ettirishni taklif qilgan.
Uchrashuvga
kelgan bexabar yoshlarga neonatsistlar toʻdasi hujum qilgan. Kaltaklashlar tasvirga
olingan, shundan soʻng video guruhning Telegram-kanallariga joylashtirilgan.
Yosh
jinoyatchilar oʻz hujumlarini slavyan boʻlmagan tashqi koʻrinishdagi odamlarga nisbatan
dushmanlik tufayli qilishgan.
Tergov
maʻʻlumotlariga koʻra, jinoiy guruh kamida sakkizta hujum uyushtirgan. Irqchilar
qurbonlari qoʻshni davlatlar, jumladan, Armaniston, Tojikiston va Oʻzbekiston
fuqarolari boʻlgan.
Bundan
tashqari, tintuvlar chogʻida gumonlanuvchilardan pichoqlar, toʻpponchalar, qoʻlbola
bomba yasash boʻyicha yoʻriqnomalar topilib, olib qoʻyildi.