Turkiyada Rossiya ishtirokida qurilgan “Akkuyu” AESning birinchi energoblokini ishga tushirishga ruxsat berildi
Turkiya yadroviy tartibga solish agentligi (NDK) kengashi “Akkuyu nuklear” AJga Rossiya-Turkiya hamkorligida barpo etilgan "Akkuyu" AESning birinchi energoblokini ishga tushirishga ruxsat berdi. Bu haqda Anadolu kompaniya bayonotiga tayanib xabar qildi.
Bunday
ruxsatnoma bilan “Akkuyu” AES qurilishining bosqichi hisoblangan hamda stantsiyaning
xavfsiz ishlashi uchun asos boʻlgan ishga tushirish va ekspluatatsiya ishlarini boshlash
mumkin boʻladi.
Navbatdagi
bosqich - reaktorga yadro yoqilgʻisini yuklashni boshlash va ishga tushirishdan oldingi
nazorat operatsiyalarini boshlash imkonini beruvchi birinchi energiya blokini ishlatish
uchun litsenziya olish.
“Turkiya
yadroviy nazorat agentligining “Akkuyu” AESning birinchi blokini ishga tushirishga
ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarori biz Turkiya qonunchiligining barcha talablarini,
atom elektr stantsiyalarini qurish boʻyicha xalqaro standartlarni bajarganimiz hamda
davom etishga tayyor ekanligimizni tasdiqlaydi. Biz loyiha hayotida yangi, muhim va
masʻʻuliyatli bosqichga qadam qoʻymoqdamiz”, — dedi “Akkuyu Nuklear” bosh direktori
Anastasiya Zoteeva.
Rosatom
bosh direktorining birinchi oʻrinbosari, Rivojlanish va xalqaro biznes boʻlimi
direktori Kirill Komarov ham bu yil loyiha uchun juda muhim ekanini taʻʻkidladi.
Komarovning
soʻzlariga koʻra, loyihani yakunlash uchun hali koʻp ish qilish kerak.
“Ayni
paytda birinchi energoblokning asosiy qurilish ishlari yakunlanib, ishga tushirish va
ekspluatatsiya ishlari parallelʻ ravishda davom etmoqda. Oldinda barcha
tizimlarning funktsionalligini sinab koʻrish uchun uzoq vaqt bor. Bu ishlarning
barchasi masʻʻuliyat va aniqlik bilan, barcha texnik reglamentlar va xavfsizlik
talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda”, — dedi u.
U elektr stantsiyasini ishga tushirish jarayonida Turkiya
fuqarolarining ham faol ishtirok etishini loyihaning muhim jihati deb atadi.