Shvetsiyada 2022 va 2023 yillarda bir necha bor Qurʻʻoni karimni yoqqan oʻta oʻngchi siyosatchi, “Qattiq kurs” partiyasi etakchisi Rasmus Paludan etnik adovat va haqorat qoʻzgʻatishda ayblanib sud qilinmoqda. U oʻz xavfsizligidan qoʻrqib, sud jarayonida masofadan qatnashmoqda. Uning qaerdaligi qattiq sir tutilmoqda.

Dushanba kuni Shvetsiyada politsiya himoyasi ostida bir necha bor namoyishkorona Qurʻʻon karimni yoqqan oʻta oʻngchi siyosatchi Rasmus Paludan ishi boʻyicha tinglovlar boshlandi, deb xabar beradi Arab News. “Qattiq kurs” partiyasi etakchisi etnik adovat va haqorat qoʻzgʻatishda ayblanmoqda.

2022 yil aprelʻ oyida oʻtkazilgan islomofob norozilik namoyishi chogʻida u ayrim etnik guruhlarga nisbatan nafrat uygʻotuvchi bayonotlar bergan va bir qancha shaharlarda, jumladan, aholisining 20% ​​musulmonlar boʻlgan Malʻmyoda millatchilarning mitinglarini oʻtkazgandi.

2022 yil sentyabrida esa "arablar va afrikaliklar"ga nisbatan haqoratli soʻzlarni aytdi, buning uchun Paludan haqorat qilishda ayblandi, bu 6 oygacha qamoq jazosini oʻz ichiga oladi. 2023 yil yanvarida u Turkiyaning Stokgolʻmdagi elchixonasi oldida Qurʻʻoni karim yoqdi. Uning ushbu harakati Shvetsiya va musulmon davlatlari oʻrtasida diplomatik mojaroga olib keldi va Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi kechikishi bilan yakunlandi.

Paludan ayblovlarni tan olgani yoʻq. Dushanba kuni oʻz xavfsizligidan qoʻrqib, sud zalida video havola orqali qatnashdi. Jinoyatchining qaerda ekanligi maʻʻlum qilinmayapti.

Lund universitetidan huquq professori Vilʻgelʻm Persson Qurʻʻon karim yoqilishi boʻyicha birinchi bor boʻlib oʻtayotgan sud jarayonining muhimligini aytdi. Uning taʻʻkidlashicha, agar Oliy sud aybli qaror qabul qilsa, bu sud pretsedentini yaratadi.

Mavzuga aloqador