28.08.2024 15:17

 

Shvetsiya prokuraturasi chorshanba kuni 2023 yilda bir necha bor muqaddas Qurʻʻoni karim kitobini yoqib, musulmon davlatlarda koʻplab norozilik namoyishlari va davlatlararo ziddiyatlarga sabab boʻlgan iroqlik ikki murtadga nisbatan “millatlararo adovat qoʻzgʻatish” moddasi boʻyicha ayblov eʻʻlon qildi.

Shvetsiya prokuraturasi chorshanba kuni 2023 yilda bir necha bor muqaddas Qurʻʻoni karim kitobini yoqib, musulmon davlatlarda koʻplab norozilik namoyishlari va davlatlararo ziddiyatlarga sabab boʻlgan iroqlik ikki murtad – Salvan Momika va uning sherigi Salvan Najemga nisbatan “millatlararo adovat qoʻzgʻatish” moddasi boʻyicha ayblov eʻʻlon qildi.

"Bu erkaklar musulmonlarning diniy tuygʻularini haqorat qilganliklari va Qurʻʻonni tahqirlaganliklari uchun javobgarlikka tortildilar", - dedi katta prokuror Anna Xankkio.

Stokgolʻmda Qurʻʻonni yoqib yuborgan Salvan Momika Skandinaviya davlatlari va islom dunyosi oʻrtasidagi munosabatlarning keskin yomonlashishiga sabab boʻldi.

2018 yildan beri Shvetsiyada boʻlgan Iroqdan kelgan muhojir politsiya ruxsati bilan butun dunyo musulmonlari Qurbon hayitini nishonlayotgan paytda Stokgolʻm markazidagi masjid yonida Qurʻʻon sahifalarini yirtib, yoqib yuborgandi.

Shvetsiya migratsiya idoralari iyuldan sentyabrgacha toʻrt marta Qurʻʻonni yoqib yuborishni sodir etgan iroqlik qochqin Salvan Momikni yashash uchun ruxsatnomani bekor qilish va mamlakatdan deportatsiya qilishga qaror qildi. Momikaning xatti-harakatlari butun dunyoda gʻazabga sabab boʻldi va Shvetsiyaning NATOga kirishini kechiktirdi.

Mavzuga aloqador