suv toshqinlari
- 01
- 02
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev toshqindan jabr koʻrgan hududlarga yordam berishga mahalliy milliarderlarni jalb qilish gʻoyasini taklif qildi. U har bir viloyat, tuman va qishloqqa mamlakatdagi eng boy kishilardan birini biriktirish zarurligini taʻʻkidladi.
Qozogʻistondagi keng koʻlamli suv toshqinlari bilan bogʻliq vaziyat tufayli 13-14 iyunʻ kunlari oʻtkazish rejalashtirilgan Ostona xalqaro forumi bekor qilindi. Tadbir 2025 yilda oʻz ishini davom ettiradi. Mamlakatning 6 ta viloyatida 6 mingga yaqin uy-joylar va dalalar suv ostida qolmoqda.
Ural daryosi sathi butun davr uchun rekord darajada koʻtarilishi natijasida Rossiyaning Orenburg viloyatida aholi punktlarini suv bosishda davom etmoqda. Toʻgʻonlar suv bosimiga bardosh bera olmayapti. Odamlar ommaviy evakuatsiya qilinmoqda. Qozogʻistonning shimoliy hudududlarida ham oxirgi 80 yillikdagi eng yirik suv toshqinlari kuzatilmoqda.
Qozogʻistonning turli viloyatlarida roʻy bergan suv toshqinlari sababli 12,7 mingdan ziyod kishi, jumladan, 5101 nafar bola evakuatsiya qilindi. Toshqinlar sababli Rossiya-Qozogʻiston chegarasidagi mahalliy va xalqaro ahamiyatga ega yoʻllar toʻsilib qoldi.