01.04.2024 09:35

Qozogʻistonda suv toshqinlari sababli 12,7 mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilindi

Qozogʻistonning turli viloyatlarida roʻy bergan suv toshqinlari sababli 12,7 mingdan ziyod kishi, jumladan, 5101 nafar bola evakuatsiya qilindi.

Qozogʻistonning turli viloyatlarida suv toshqinlari sababli evakuatsiya qilinganlar soni shanba oqshomiga kelib 10,5 ming kishiga etdi, ulardan 5101 nafari bolalar. Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 5 ming 497 kishi bor.

“Turkiston, Aqtoʻbe, Qoʻstanay, Gʻarbiy Qozogʻiston, Aqmola, Ulitau va Abay viloyatlarida 10 587 kishi qutqarildi va evakuatsiya qilindi, ulardan 5 101 nafari bolalar. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 5 497 kishi bor”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

29 mart kuni Qozogʻistonning bir qator viloyatlarida suv toshqini tufayli favqulodda holat joriy etildi. Suv bosgan hududlardagi baʻʻzi aholi punktlari yoʻllar yuvilgani sababli transport aloqasisiz qolgan. 30 mart kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev mamlakatdagi suv toshqinlari tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyat yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Uchrashuvda Tokaev suv toshqinidan jabr koʻrgan fuqarolardan uzr soʻradi. Yigʻilish yakunlari boʻyicha bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Roman Sklyar, suv xoʻjaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov, Atirau viloyati hokimi Serik Shapkenov, Akmola viloyati hokimi Marat Axmetjanov, Olmaota viloyati hokimi Marat Sultangaziev, Pavlodar viloyati hokimi Asain Bayxanov va Abay viloyati hokimi Nurlan Uranxaevga qattiq tanbeh berildi.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev hukumat va mahalliy hokimiyat organlarining mamlakatning bir qator hududlarida suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish borasidagi saʻʻy-harakatlarini shaxsan nazorat qilmoqda, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Qozogʻiston hukumati Qozogʻiston-Rossiya chegarasining ayrim uchastkalarida transport harakati uchun cheklovlar kiritdi.

“Aqtoʻbe, Sharqiy Qozogʻiston, Gʻarbiy Qozogʻiston, Abay va Qoʻstanay viloyatlarida yuzaga kelgan ogʻir suv toshqini munosabati bilan Qozogʻiston-Rossiya chegarasidagi respublika va xalqaro ahamiyatga molik avtomobilʻ yoʻllarida avtotransport vositalarining harakatlanishiga cheklov qoʻyilishi mumkin”, deyiladi Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi xabarida.

Nazorat punktlari oldida tirbandliklar yuzaga kelgani sababli haydovchilarga yoʻnalishlarini toʻgʻrilash tavsiya etildi.

Maʻʻlumot uchun, har yili bahor mavsumida Qozogʻistonda qor va muzlar erishi natijasida tez-tez suv toshqinlari sodir boʻladi. 

Mavzuga aloqador