Qozogʻistonda Ostona xalqaro forumi suv toshqinlari tufayli bekor qilindi
Qozogʻistondagi keng koʻlamli suv toshqinlari bilan bogʻliq vaziyat tufayli 13-14 iyunʻ kunlari oʻtkazish rejalashtirilgan Ostona xalqaro forumi bekor qilindi. Tadbir 2025 yilda oʻz ishini davom ettiradi. Mamlakatning
Qozogʻiston
prezidenti Qosim-Jomart Tokaev mamlakatdagi suv toshqini tufayli Ostona xalqaro
forumini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda Qozogʻiston rahbari matbuot
xizmati xabar berdi.
“Davlat rahbari Qosim-Jomart Tokaev Qozogʻistonda misli
koʻrilmagan suv toshqini va keng koʻlamli vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf
etish hamda mamlakat
fuqarolariga yordam koʻrsatish uchun moliyaviy resurslarni tejash zarurligi
munosabati bilan joriy yilning 13-14 iyunʻ kunlari Ostona xalqaro forumini bekor
qilishga qaror qildi”, - deyiladi xabarda.
Prezident tadbirga taklif etilgan ishtirokchilar ushbu qarorga
tushunish bilan yondashishlariga umid bildirdi.
Xabarda qayd etilishicha, Ostona xalqaro forumi 2025 yilda oʻz
ishini davom ettiradi.
Avvalroq Qozogʻiston
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatda mart oyi boshidan buyon xavfli suv
toshqini zonalaridan evakuatsiya qilinganlar soni 100 mingdan oshgani, ularning
qariyb 40 ming nafari bolalar ekanini maʻʻlum qilgan edi.
Evakuatsiya
qilinganlarning 10,1 ming nafari uylariga qaytgan.
Aqtoʻbe,
Qoʻstanay, Oqmoʻla, Atirau, Shimoliy Qozogʻiston, Sharqiy Qozogʻiston viloyatlarida
qariyb 4 ming xususiy turar-joy binolari, 2 mingga yaqin hovli maydonlari va
qishloq uylari suv ostida qolmoqda.
Hozirgi
kunga qadar avariya-qutqaruv ishlariga 35 551 kishi, 3 557 dona texnika, 750 ta
suv nasos uskunasi, 214 ta qayiq, 14 ta samolyot jalb etilgan.