Rossiya va Qozogʻistonda suv toshqinlari: vaziyat jiddiyligicha qolmoqda
Ural daryosi sathi butun davr uchun rekord darajada koʻtarilishi natijasida Rossiyaning Orenburg viloyatida aholi punktlarini suv bosishda davom etmoqda. Toʻgʻonlar suv bosimiga bardosh bera olmayapti. Odamlar ommaviy evakuatsiya qilinmoqda. Qozogʻistonning shimoliy hudududlarida ham suv toshqinlari kuzatilmoqda.
Ural
daryosi sathi butun davr uchun rekord darajada koʻtarilishi natijasida Rossiyaning
Orenburg viloyatida aholi punktlarini suv bosishda davom etmoqda. Toʻgʻonlar suv
bosimiga bardosh bera olmayapti.
Rossiyaning
39 ta hududida 6,8 mingdan ortiq turar-joy binolari suv ostida qoldi, deb xabar
berdi RF FVV matbuot xizmati. Eng qiyin vaziyat Orenburg viloyatida kuzatilmoqda.
Orenburgda
Ural daryosi sathi yakshanba oqshomiga qadar toʻqqiz santimetrga koʻtarildi, deb
xabar berdi shahar meriyasi Telegram-kanalida.
"Orenburg
gidrometeorologiya markazi maʻʻlumotlariga koʻra, 7 aprelʻ kuni kechqurun Orenburg
yaqinida Ural daryosi suv sathi 864 sm ga etgan. Xavfli daraja 930 sm ni tashkil
etadi", - deya ogohlantirmoqda shahar meriyasi.
RF FVV Orenburg
viloyati boshqarmasi rahbari Aleksandr Kurenkov Orskdagi vaziyatni «jiddiy» deb
atadi.
“Ural
daryosidagi himoya inshootlari vayron boʻlgan, Orsk shahrida keskin vaziyat yuzaga
keldi. Oqibatda 4518 ta turar-joy binosi va 4587 ta tomorqa erlari suv ostida
qoldi”, — deya uning soʻzlaridan iqtibos keltiradi «Interfaks».
Yakshanba
kuni kechqurun shahar meri Vasiliy Kozupitsa Telegram-kanali orqali Orskda Elshanka
daryosi ham oʻz qirgʻoqlaridan toshib keta boshlagani haqida xabar berdi.
Maʻʻlumotlarga
koʻra, viloyatdagi suv bosgan hududlardan 4 mingdan ortiq odam, jumladan, 885
nafar bola evakuatsiya qilingan.
Qozogʻiston
shimolida ham vaziyat jiddiy
Qozogʻistonning
olti viloyatidagi 3,7 mingdan ortiq turar-joy binolari ham toshqin oqibatida suv
ostida qoldi. Tabiat hodisasidan Shimoliy Qozogʻiston, Atirau, Aqtoʻbe, Aqmola,
Qoʻstanay va Pavlodar viloyatlari jabr koʻrdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar
vazirligiga tayanib, 24.kz xabar berdi.
Qutqaruvchilar,
harbiy xizmatchilar va mahalliy hokimiyat vakillari toʻgʻonlarni mustahkamlash hamda
odalarni evakuatsiya qilishni tashkil etish boʻyicha faol ishlamoqda.
Mamlakatda
toshqin boshlanganidan beri 75 ming kishi qutqarildi, ulardan 7,5 ming nafari
vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirildi.
Qor va
muzlar erishi natijasida vujudga kelgan suvning umumiy hajmi 7,5 million kub
metrdan oshdi.