suiqasd urinishi
- 01
Ukrainada 18 iyunʻ kuni suiqasdga uchragan qozogʻistonlik muxolifatchi jurnalist Aydos Sadikov qariyb ikki hafta jonlantirish boʻlimida yotgach, hayotdan koʻz yumdi. Jurnalist va uning rafiqasi 1 milliondan ortiq obunachiga ega «Baza» YouTube-kanalini boshqargan hamda Qozogʻiston rahbariyatini tanqid qilib kelgan. Ukraina politsiyasi jurnalistga suiqasd uyushtirgan ikki qozogʻistonlik shaxsini aniqladi, ulardan biri taslim boʻlgan, ikkinchisi qidiruvda.
Yaponiyada 2023 yilda 21,8 mingdan ortiq oʻz joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan boʻlib, shundan 1010 tasi oʻquvchi‑talabalar oʻrtasida. Yil davomida 14,8 ming erkak, 6,9 mingdan ziyodroq ayollar suitsidni amalga oshirgan.