04.06.2025 14:05
107
Toshkentda 19 yoshli yigit qimor tufayli oʻzini osib oʻldirgani aytilmoqda
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda onlayn qimorda katta miqdorda pul yutqazib, oʻzini daraxtga osib oʻldirgani haqida xabarlar tarqaldi.
"Qalampir.uz"ning bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib yozishicha, holat poytaxtning Yashnobod tumanida yuz bergan. Tergovga qadar tekshirish hujjatlariga koʻra, joriy yilning 31 may kuni tumandagi M.Riyoziy mahallasi Istiqlol koʻchasidagi daraxtdan 2006 yilda tugʻilgan, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi F.Oʻ. ismli yigitning arqonga osilgan jasadi topilgan.
Hodisa joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan koʻzdan kechirilgan va sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.