Trampni yana otishdimi?
15 sentyabrʻ, yakshanba kuni AQShning Florida shtati Vest Palm-Bich
shahridagi Donalʻd
Trampning golʻf klubi yaqinida otishma yuz berdi. Voqeadan xabardor Reuters manbalariga koʻra,
bir nechta oʻq uzilgan.
Sobiq
prezident saylovoldi shtabi vakili Stiven Chung siyosatchi jarohat olmaganini maʻʻlum
qildi. “Prezident Tramp unga yaqin joyda oʻq uzilganidan keyin xavfsiz.
Hozircha qoʻshimcha tafsilotlar yoʻq”, — deyiladi siyosatchi shtab-kvartirasi
bayonotida.
Associated Press xabariga
koʻra, Tramp golʻf oʻynayotgan vaqtda Maxfiy xizmat agenti gumonlanuvchiga quroldan
oʻq uzgan. Sherif matbuot kotibining aytishicha, otishmada hech kim jabrlanmagan.
The New York Times gazetasining
yozishicha, ikki nomaʻʻlum shaxs sobiq prezidentga emas, bir-biriga qarata oʻt ochgan.
Trampning golʻf klubiga oʻq uzgan shaxs avvalroq qoʻlga olingan
edi, dedi sobiq prezidentning oʻgʻli, kichik Donalʻd Tramp. “Mahalliy huquq-tartibot
idoralari maʻʻlumotlariga koʻra, butalar orasidan AK-47 avtomati topilgan”, — deb
yozdi u X ijtimoiy tarmogʻida.
AQSh Maxfiy xizmati matbuot kotibi Entoni Guglielmi X
ijtimoiy tarmogʻida Tramp xavfsiz ekanligini tasdiqladi. Shuningdek, u Maxfiy
xizmat voqea yuzasidan tergov boshlaganini maʻʻlum qildi.
Associated Press xabariga
koʻra, Oq uy prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris bu voqeadan
xabardor boʻlganini hamda
Tramp jarohat olmaganidan “xotirjamlik
his qilganini” bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, 13 iyulʻ kuni Butler shahrida (Pensilʻvaniya shtati) saylovoldi
tashviqoti chogʻida Donalʻd
Trampga suiqasd uyushtirilgan
edi. Maʻʻlum boʻlishicha, 20 yoshli Tomas Kruks ismli yigit siyosatchi nutq soʻzlayotgan joydan 120
metr uzoqlikdagi bino
tomidan miting ishtirokchilariga qarata oʻq uzgan.
Otishmada bir kishi halok boʻldi va bir necha kishi yaralandi,
jumladan Trampning oʻzi ham oʻng
qulogʻidan jarohat oldi. Oʻq uning qulogʻini tilib oʻtdi. Maxfiy xizmat xodimlari
hujumchini yoʻq qildi. Kruksning jasadi yonidan AR-15 rusumli yarim
avtomatik miltiq topilgan.
Federal qidiruv byurosi bergan maʻʻlumotlarga koʻra, hujumchi
uzoq vaqt davomida hujumga tayyorgarlik koʻrgan. Bir yildan koʻproq vaqt davomida
u portlovchi moslama yasash uchun qurol va materiallar sotib olgan.