rossiya
Dunyo tartibi oʻzgarish yoqasida: Gʻarb tsivilizatsiyasining hukmronligi tugayaptimi?
Ayni paytda dunyo yana qayta shakllanish ostonasida turibdi. Buning belgilarini dunyoni larzaga solayotgan voqea-hodisalarda koʻrish mumkin. Rossiya-Ukraina urushidan avvalroq zaiflashib borayotgan imperiya – AQSh va yangi paydo boʻlgan kuch – Xitoy oʻrtasidagi urush qaysidir maʻʻnoda boshlanib boʻlgan edi.
Davomini o'qish...03.09.2024 18:00Rossiyada haydovchi etishmayotgani sababli taksi narxlari "oʻnlab foizga" oshadi
Rossiyada migratsiya va taksi xizmatlari sohasini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik talablari kuchaytirilishi ortidan haydovchi etishmasligi kuchayib bormoqda. Yil oxiriga kelib 130 ming nafar taksi haydovchisi kerak boʻladi. Haydovchilar etishmovchiligi taksi narxlarining “oʻnlab foizga” oshishiga sabab boʻlishi kutilmoqda.
Davomini o'qish...04.09.2024 14:38Shoygu va Kim Chen In Pxenʻyanda uchrashdi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Pxenʻyanda Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi. Uchrashuv oʻta maxfiy, doʻstona muhitda oʻtgani xabar qilindi.
Davomini o'qish...13.09.2024 14:54Rossiya hukumati hijoblarni mahalliy taqiqlash toʻgʻrisidagi qonunni maʻʻqullamadi
Rossiya hukumati Davlat dumasi deputati Vladislav Davankovning maktablar va mahalliy hokimliklarga diniy liboslarga mahalliy taqiq oʻrnatish huquqini beruvchi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlamadi. Rossiya hukumati qonunchilikda "diniy libos", "diniy atributlar yoki diniy ramzlarga ega kiyim" tushunchalariga izohlar yoʻqligiga eʻʻtibor qaratdi. Bu tuzatishlar "noaniq huquqni qoʻllash amaliyotiga olib kelishi" mumkinligi qayd etildi.
Davomini o'qish...16.09.2024 12:33Rossiya Ukrainadagi qariyalar uyi va elektr tarmoqlariga zarba berdi
Rossiya qoʻshinlari payshanba kuni Ukrainaning Sumi shahridagi qariyalar markazi va energetika sektoriga havo hujumlarini amalga oshirdi. Hujumlar natijasida bir kishi halok boʻlgan, 12 kishi yaralangan. Zelenskiy Rossiya soʻnggi 24 soat ichida 90 ta boshqariluvchi bombalar bilan hujum uyushtirganini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...20.09.2024 10:06Baxtiyor Saidov Sergey Lavrovga oʻzaro munosabatlarda bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik muhimligini aytdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovga oʻzaro ishonchni mustahkamlash yoʻlida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligini aytdi. Avvalroq Toshkentdagi maktabda rus tili oʻqituvchisi oʻquvchini urgani yuzasidan RF TIV rasmiy vakili Oʻzbekistondan rasmiy tushuntirish soʻralganini maʻʻlum qilgan edi.
Davomini o'qish...27.09.2024 10:40Ukrain razvedkasi rahbari: 11 ming shimoliy koreyalik Ukraina bilan jang qilishga tayyorlanmoqda
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Kirill Budanov Shimoliy Koreya qoʻshinlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyada tayyorgarlikdan oʻtayotgani haqidagi maʻʻlumotni tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Shimoliy Koreyaning 11 mingga yaqin piyoda askarlari Rossiya sharqida tayyorgarlikdan oʻtmoqda va ular 1 noyabrdayoq jangovar harakatlarga tayyor boʻlishadi.
Davomini o'qish...18.10.2024 17:27Rossiya muhojirlarni rekord tezlikda chiqarib yubormoqda
2024 yilning birinchi olti oyida Rossiya sudlari 85,8 ming muhojirni chiqarib yuborishga qaror qildi, bu 2022 yildagi barcha koʻrsatkichlardan oshib ketdi. Sudlar tomonidan muhojirlarga solinadigan jarimalar miqdori ham ortib bormoqda. 2024 yilning birinchi olti oyida xorijliklar 590 million rublʻ (6,1 mln dollardan ziyodroq) miqdorida jarimaga tortilgan. Bu butun 2023 yil bilan deyarli teng.
Davomini o'qish...22.10.2024 10:33Chechenistonda nomaʻʻlum shaxslar Rosgvardiya karvoniga hujum qildi
Chechenistonda nomaʻʻlum shaxslar Rossiya gvardiyasi karvoniga hujum qildi. Rosgvardiya matbuot xizmati bir harbiyning halok boʻlgani, bir xizmatchi yaralanganini maʻʻlum qildi. Hujum qilganlar yashiringan.
Davomini o'qish...25.10.2024 08:25Putin Kursk viloyatida 2 ming ukrain askari qamalda qolganini eʻʻlon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatiga bostirib kirgan Ukraina Qurolli kuchlarining ayrim boʻlinmalari qurshovga olingani va yoʻq qilinayotganini bildirdi. Bundan tashqari, u Rossiya armiyasi Ukrainadagi butun front chizigʻi boʻylab oldinga siljishda davom etayotganini taʻʻkidladi. Ukraina tomoni hozircha uning bayonotlariga munosabat bildirgani yoʻq.
Davomini o'qish...25.10.2024 10:33