Putin Kursk viloyatida 2 ming ukrain askari qamalda qolganini eʻʻlon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatiga bostirib kirgan Ukraina Qurolli kuchlarining ayrim boʻlinmalari qurshovga olingani va yoʻq qilinayotganini bildirdi. Bundan tashqari, u Rossiya armiyasi Ukrainadagi butun front chizigʻi boʻylab oldinga siljishda davom etayotganini taʻʻkidladi. Ukraina tomoni hozircha uning bayonotlariga munosabat bildirgani yoʻq.
Kursk
viloyatiga bostirib kirgan Ukraina Qurolli kuchlarining ayrim boʻlinmalari “toʻsib
qoʻyilgan va oʻrab olingan”, deya maʻʻlum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Uning soʻzlariga koʻra, 2 mingga yaqin ukrain askarlari qurshovda.
"Rossiya armiyasi bu guruhni yoʻq qilishni boshladi", - dedi u Qozondagi BRIKS
sammiti yakunlari boʻyicha matbuot anjumanida.
Putin, shuningdek, Ukraina kuchlari qurshovdan chiqib ketishga
urinayotgani, biroq ularning barcha urinishlari muvaffaqiyatsizligicha qolayotganini
aytdi. Bundan tashqari, u Rossiya armiyasi Ukrainadagi butun front chizigʻi boʻylab
oldinga siljishda davom etayotganini taʻʻkidladi. Ayni paytda Ukraina qoʻmondonligi
bu bayonotlarga rasman izoh bergani
yoʻq.
Eslatib
oʻtamiz, Ukraina Qurolli kuchlari 6 avgust kuni Rossiyaning Kursk viloyatiga hujum boshlagan va bosh qoʻmondon
Aleksandr Sirskiyning soʻzlariga koʻra, jangovar harakatlarning birinchi haftasida
100 ga yaqin aholi punktini egallab, 1300 kvadrat kilometr hududda nazorat oʻrnatgandi. Urushni oʻrganish
instituti (ISW) maʻʻlumotlariga koʻra, Ukraina armiyasining nazorat zonasi
taxminan 1160 kvadrat kilometrni tashkil qilgan.
Sentyabrʻ va oktyabrʻ oylarida rus qoʻshinlari qarshi hujumga
oʻtishga harakat qilishdi. Oktyabrʻ oyi oʻrtalarida Ukrainaning DeepState tahlil loyihasiga koʻra, Ukraina
Qurolli Kuchlari nazorati ostida 660 kvadrat kilometrdan koʻp boʻlmagan hudud qolgan, yana 360
kvadrat kilometr “kulrang zona”
boʻlgan. Shu fonda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiev Kursk
viloyatida “bufer zona” yaratishga muvaffaq boʻlganini aytdi. Shuningdek, u ushbu bosqinning strategik
maqsadlaridan biri ekanligini va Ukraina qoʻshinlari oʻz pozitsiyalarini saqlab
qolishda davom etishini bildirdi.